Gavayi – Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti – Honolulu shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959–yilda kirgan, undan oldin – Kingdom of Hawaii, Hawaii Territory.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Honolulu | ||||
Eng yirik shaharlar | Honolulu Hilo Kailua | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 43-oʻrinda 28,311 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 42-oʻrinda 1,275,194 | ||||
YIM |
AQSh: 40-oʻrinda $50,322 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
50-boʻlib 21 avgust 1959 | ||||
Vaqt | UTC-10 (HST) (DSTsiz) | ||||
Qisqartma | HI [15] | ||||
Shtat guli | Hawaiian hibiscus (Hibiscus brackenridgei) | ||||
Shtat daraxti | Kukui or candlenut (Aleurites moluccana) |
Tinch okeandagi Gavayi orollarida Mayd. 16,7 ming km2. Aholisi 1172 mingdan ziyod kishi (1990–yillar oʻrtalari), amerikaliklar, yevropaliklar, yaponlar, filippinliklar, xitoylar va b. Mahalliy xalq – gavayiliklar (170 ming kishi, 1992). Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – ingliz tili. Maʼmuriy markazi – Gonolulu sh.
Tabiati haqida Gavayi orolariga qarang.
Qishloq xoʻjaligi— iqgisodiyotining asosini tashkil etadi. 1 mln. ga yerga ekin ekiladi. Eng yaxshi yerlar eksport ekinlari – ananas, shakarqamish, kofe, sizal, banan bilan band. Isteʼmol uchun asosan sholi ekiladi. Gulchilik rivojlangan. Chorvachilik ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Qand-shakar va meva-konserva sanoati korxonalari bor.
Tinch okeandan oʻttan havo va dengiz yoʻllarining muhim tuguni. AQSH va Kanadani Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Filippin, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan bogʻlaydi. Ichki yuk tashishda dengiz va avtomobil transporta ahamiyati katta. Yirik dengiz porti – Gonolulu. Turizm rivojlangan. Gavayini 1778–yilda J. Kuk kashf qilgan. Ispaniya-Amerika urushi davri (1898)da AQSH tasarrufiga oʻtgan. 1908–yildan AQShning Tinch okeandagi harbiy dengiz bazasi, 1959–yildan AQShning 50-shtati.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.