From Wikipedia, the free encyclopedia
Anneksiya (lotincha: annectere → eski fransuzcha: annexer → inglizcha: annex — birlashtirish, qoʻshilish) — boshqa bir davlat hududini butunlay yoki qisman egallab olish yoki oʻz davlatiga qoʻshib olish siyosati. Hozirda anneksiya agressiyaning bir turi va xalqaro huquqning buzilishi hisoblanadi.
Koʻp hollarda anneksiya qilingan taraf birlashayotgan ikki tarafning kichikrogʻi, chetroqda joylashgani yoki siyosiy jihatdan kuchsizrogʻi boʻladi. Anneksiya deganda yana anneksiya qilayotgan tarafning kuch ishlatgani, ekspansiya yoki unilateralizm siyosatini amalga oshirgani tushuniladi. Shuning uchun „anneksiya“ atamasi oʻrniga koʻpincha „qoʻshilish“, „birlashish“ kabi evfemizmlar ishlatiladi.
Anneksiyada odatda bir mamlakat oʻziga tegishli boʻlmagan hududni bir tomonlama bosib oladi. Bundan keyin anneksiya boshqa xalqaro organlar orqali (masalan, boshqa mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar orqali) qonunlashtiriladi.
Ikkinchi jahon urushi davrida anneksiyaning keng qoʻllanishi koʻp xalqlarning harbiy okkupatsiyani tartibga soluvchi xalqaro huquqlaridan ajralishlariga olib keldi. Toʻrtinchi Jeneva konvensiyasi mualliflari mamlakatlarning anneksiya yordamida xalqaro huquqlarni poymol qilishlari oldini olishga alohida eʼtibor berishgan.
Anneksiya „bir davlat hududini butunlay yoki qisman zoʻravonlik bilan egallab olish yoki oʻz davlatiga qoʻshib olish siyosati“dir.[1] Xalqaro huquqda anneksiya agressiyaning bir turi hisoblanadi.[2]
Koʻp hollarda anneksiya qilingan taraf birlashayotgan ikki tarafning kichikrogʻi, chetroqda joylashgani yoki siyosiy jihatdan kuchsizrogʻi boʻladi. Anneksiya deganda yana anneksiya qilayotgan tarafning kuch ishlatgani, ekspansiya yoki unilateralizm siyosatini amalga oshirgani tushuniladi. Shuning uchun „anneksiya“ atamasi oʻrniga koʻpincha „qoʻshilish“, „birlashish“ kabi evfemizmlar ishlatiladi.
Anneksiyada biror-bir hudud boshqa mamlakat tomonidan bir tomonlama bosib olinadi. Bundan keyin anneksiya boshqa xalqaro organlar orqali (masalan, boshqa mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar orqali) qonunlashtiriladi.[3]
Anneksiya baʼzan yashirin holda ham amalga oshiriladi. „Bunday hollarda egallab olingan mamlakatlarda qoʻgʻirchoq hukumat tuzilib, bu hukumat shu mamlakatni egallab olgan davlat siyosatiga boʻysunadi va imperialistik davlatlar yoʻl-yoʻrigʻi bilan ish tutadi.“[4]
Sovet adabiyotlarida „anneksiya“ atamasi SSRI haqida soʻz yuritilganda ishlatilmagan. Masalan, 1918-yilda Ruminiyaning Bessarabiyani anneksiya qilgani yoki 1938-yil Germaniyaning Sudet oblastini anneksiya qilgani haqida shu atama qoʻllangan, ammo 1939-yildan 1941-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibiga qoʻshib olingan hududlar (Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorus, Shimoliy Bukovina, Latviya, Litva, Estoniya) haqida doimo „qoʻshish“ (ruscha: присоединение) yoki „birlashtirish“ (ruscha: воссоединение) atamalari ishlatilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida anneksiyaning keng qoʻllanishi koʻp xalqlarning harbiy okkupatsiyani tartibga soluvchi xalaqaro huquqlaridan ajralishlariga olib keldi. Toʻrtinchi Jeneva konvensiyasi mualliflari mamlakatlarning anneksiya yordamida xalqaro huquqlarni poymol qilishlari oldini olishga alohida eʼtibor berishgan.[5] Bu konvensiya 1899- va 1907-yilgi Gaaga konvensiyalarida koʻrsatilgan fuqarolarni himoya qilish qonunlarini kengaytirdi.
Harbiy okkupatsiyadan keyin har doim ham anneksiya roʻy bermaydi. Masalan, Ikkinchi jahon urushida Ittifoqchilar Germaniyani bosib olganidan keyin mamlakatni anneksiya qilishmagan.
Anneksiya aksar hollarda hozirgi xalqaro huquqning, jumladan „kuch qoʻllamaslik va kuch bilan xavf solmaslik prinsipi, millatlar oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqining buzilishi“ hisoblanadi.[1][6]
Baʼzan anneksiya qoʻshib olinayotgan tomonning oʻz istagi bilan amalga oshiriladi. 19-asrning oxirida AQSHning Gavayini anneksiya qilishi bunga misol boʻla oladi. Yana 2014-yil Qrim Muxtor Respublikasining Ukrainadan ajrab chiqib Rossiyaga qoʻshilish harakatlari ham ixtiyoriy anneksiyaga misol boʻla oladi. Xalqaro huquqda shu yoʻlda anneksiya qilishning qonun-qoidalari aniq belgilab berilmagan. Shu sabab Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi koʻplagan munozaralarga sabab boʻldi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.