Andrey Medvedev

Ukrainalik professional tennischi From Wikipedia, the free encyclopedia

Andrey Medvedev

Andrey Medvedev[1] (ukraincha: Андрій Медведєв; 1974-yil 31-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional tennischi. Medvedev 1999-yilda Fransiya ochiq chempionatining finaligacha va 1993-yilda yarim finaligacha yetib borgan. Faoliyati davomida toʻrtta Masters turnirida gʻalaba qozongan. 1994-yil may oyida dunyoning 4-raqamli tennischisiga aylangan. Bu faoliyatidagi eng yuqori natija (reyting oʻrni) hisoblanadi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumotlari, Tavallud sanasi ...
Andrey Medvedev
Thumb
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 31-avgust 1974-yil (1974-08-31) (50 yosh)
Kiyev, USSR, SSSR
Faoliyat yillari 1991—2001
Boʻyi 1.93 m
Sport
Mamlakat Ukraina
Qaysi sport Tennis
Faol tomoni oʻnaqay
Yopish

Faoliyati

1991-yilda Medvedev oʻsmirlar oʻrtasidagi Fransiya ochiq chempionatidaning yakkalik yoʻnalishida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

1992-yilda, 17 yoshida, Medvedev Genuya va Shtutgartda oʻtkazilgan ATP Tour seriyasiga kiruvchi musobaqalarda chempionlikni qoʻlga kiritgan. Shtutgertdagi turnirda oʻsha paytda jahon reytingida 2-oʻrinni egallab turgan Stefan Edbergni magʻlub etgan. Mavsumni 25-oʻrinda yakunlagan.

Medvedevning eng muvaffaqiyatli turniri Gamburg Masters (sobiq Germaniya ochiq chempionati) hisoblanadi. Mazkur turnirda 3 marta (1994, 1995 va 1997-yillarda) gʻalaba qozongan[2].

1990-yillarning oxirida Medvedevning sport formasi va natijalari pasayib ketdi. 1999-yilgi Fransiya ochiq chempionatida 100-raqam ostida ishtirok etgan. Kutimaganda finalgacha yetib borgan. Finalgacha boʻlgan yoʻlda Dinu Pescariu, Pete Sampras, Byron Black, Arnaud Di Pasquale, Gustavo Kuerten va Fernando Meligenini magʻlub etgan[3]. Medvedev finalda Andre Agassiga qarshi bahs olib borgan. Finalning dastlabki ikki setida gʻalaba qozongan. Lekin keyingi 3 ta setda Agassi gʻalaba qozonib, musobaqa chempioniga aylangan[4]. Shundan keyin Medvedev boshqa aytarli natijalarga erisha olmagan va 2001-yilda faoliyatini yakunlagan.

Shaxsiy hayoti

Andreyning singlisi Natalya Medvedeva. 1995-yilda yettinchi marotaba oʻtkazilayotgan Hopman kubogida Andrey Medvedev va Natalya Medvedeva aralash juftlik bahslarida Ukraina sharafini himoya qilishgan. Finalda germaniyalik Boris Becker va Anke Huberga juftligiga magʻlub boʻlishgan[5].

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.