From Wikipedia, the free encyclopedia
Adneksit (salpingoofarit) – bachadon naylari va tuxumdonning yalligʻlanishidir. Kasallikni turli patogen mikroblar – stafilokokk, streptokokk va boshqa qoʻzgʻatadi. Mikroblar bachadon ortiklari (tuxumdon va bachadon naylari)ga abort, tugʻruq, jinsiy aloqa vaqtida, turli infeksion kasalliklar (sil, angina, ichki aʼzolarning yalligʻlanishi)da esa boshqa aʼzo va toʻqimalardan qon va limfa tomirlari orqali oʻtadi. Sovqotish, oʻta toliqish, ruhiy iztirob, orastalik qoidalarining buzilishi kasallikning avj olishiga imkon beradi. Oʻtkir va surunkali adneksit farq qilinadi. Oʻtkir adneksitda qorinning pastki va quymich sohasida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, harorat koʻtarilishi kuzatiladi. Kasallik ogʻir kechganda bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashadi. Surunkali adneksit tez-tez qaytalanib turadi. Bachadon naylari yalligʻlanishi natijasida ular chandiqlanib, toʻsilib qoladi, bu esa bachadondan tashqari homiladorlik yoki bepushtlikka sabab boʻladi.
Adneksit | |
---|---|
O‘tkir va surunkali adneksitning mikrosurati | |
Mutaxassislik | Ginekologiya |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.