From Wikipedia, the free encyclopedia
Ginekologiya (yun. gynaikos — ayol va ...logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash yoʻl-yoʻriqlarini ham oʻrganadi. Umumiy va xususiy G. farq qilinadi. Umumiy G. ginekologik kasalliklarning simptomlari, tashhisi, ularning oldini olish va davolash; xususiy G. esa ayollar jinsiy sistemasining ayrim kasalliklari, ularning oʻziga xos jihatlari va belgilari, tashhisi, oldini olish hamda davolashni oʻz ichiga oladi. G. akusherlik bilan chambarchas bogʻlangan.
G. 19-asrning oʻrtalarida mustaqil fan sifatida tashkil topdi. Anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, mikrobiologiya, endokrinologiya, jarrohlik va b. fanlar G.ning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. G.ning tarixi juda qadimga borib taqaladi. Misr, Hindiston, Yunonistonning qad. qoʻlyozmalarida G.ga oid maʼlumotlar keltirilgan. G. tushunchasi Gippokrat, Gerofil kabi yunon vrachlarining asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Siioning "Tib qonunlari"da bir qancha ginekologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash, davolash va oldini olish yoʻllari bayon etilgan.
Toshkentda Hadra dahasida Oʻzbekistonda birinchi ayollar va bolalar shifoxonasi ochilishi (1880), Oʻzbekistonda akusher-ginekolog vrachlar tayyorlana boshlashi, 1927-yilda Onalik va bolalikni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot instituti, Oʻrta Osiyo universiteti (1921), Toshkent tibbiot akademiyasi (1931; 1940), SamTI (1934) hamda Vrachlar malakasini oshirish institutida (1950; I960) akusherlik va ginekologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi G. va akusherlik sohasining fan sifatida rivojlanishiga olib keldi. Bunda Oʻzbekistan FA akad. I. 3. Zokirov, prof. A. A. Kogan, A. A. Krdirova, O. Mirsoatov, Yu. K. Jabborova va b.ning salmoqdi hissalari bor. Qizaloqlar va boʻyi yetib qolgan qizlar kasalliklarini oʻrganish jadal olib borildi; ularning jinsiy yetilish jarayonini oʻrganish, jinsiy aʼzolaridagi nuqsonlar, qayz koʻrish jarayonidagi oʻzgarishlar hamda kasalliklarini erta aniqlash va davolash keyingi hayotida roʻy berishi mumkin boʻlgan noxush xrlatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi da bepushtlik muammosi oʻrganildi va uni davolash maqsadida jarroxdik usuli qoʻllandi (A. A. Sholoxova). Homiladorlikning ilk davridayoq tashhis qoʻyish, tugʻruqqa tayyorlash, shuningdek, tugʻruq bilan bogʻliq boʻlgan xrrdiq muddatini oʻzgartirish; Oʻzbekistan iqlimi sharoitida homiladorlikning yurak-qon tomir tizimiga taʼsiri oʻrganildi. Abort paytida infeksiya tushishining oldini olish va davolash, patogenez muammolari va bola tushish sabablarini oʻrganishga oid qator tadqiqotlar oʻtkazildi. Gemostazning oʻziga xos xususiyatlari va kamqon homilador ayollarda quvvat almashinuvi hamda bola koʻrish orasidagi muddat koʻrsatkichlari oʻrganildi va ilmiy jihatdan asoslab berildi. Akusherlik qon ketishlarining oldini olish va uni davolash masalalari ishlab chiqildi. Xotin-qizlar i.ch.ning turli sohalarida faoliyat koʻrsatayotganlarini nazarda tutib, koʻchma ginekologik tekshiruv, ayollarni rejali profilaktik koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasida Akusherlik va ginekologiya, Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot institutlari, vrachlar malakasini oshirish instituti hamda yirik kasalxonalarning ginekologiya boʻlimlarida G. masalalarini hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent sh.da Respublika hamda 2 ta shahar perinatal markazi, shuningdek, yirik ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari qoshida skrinning markazlari tashkil etilgan. Bular onalar oʻlimini bir necha marta kamaytirishga imkoniyat beradi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.