From Wikipedia, the free encyclopedia
1-G6 sammiti 1975-yil 15-17-noyabr kunlari Fransiyaning Rambuye shahrida ilk bor G6 sammiti boʻlib oʻtdi. Sammit uchrashuvlari oʻtkaziladigan joy Parij yaqinidagi Château de Rambouillet shahri edi[1].
1-G6 sammiti | |
---|---|
Château de Rambouillet | |
Mezbon davlat | Fransiya |
Sana | 1975-yil 15-17-noyabr |
Ishtirokchilar |
Fransiya Germaniya Federativ Respublikasi Italiya Yaponiya Birlashgan Qirollik AQSh |
Keyingi | 2-G7 sammiti |
Avval Katta oltilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlarini birlashtirgan norasmiy forum edi[2]. Ushbu sammit va undan keyin boʻladigan boshqa sammitlar kengroq xalqaro institutlar bilan rasmiy ravishda bogʻlanishi kerak emas edi. Va aslida, boshqa xalqaro uchrashuvlarning qatʼiy qarorlari sababli oʻziga xos umidsizlikka uchragan Fransiya prezidenti va Gʻarbiy Germaniya kansleri oʻrtasidagi hamkorlikning natijasi oʻlaroq tashkil etilgan edi[3].
Keyinchalik yillik yigʻilishlar seriyasiga aylangan sammit katta yettilik (G7) va katta sakkizlik (G8) sammitlari sifatida belgilandi. Va bu harakat sammitni muhimligini yanada oshirdi.
Bu yilgi sammit Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlari uchun norasmiy forum va bir-birlari bilan aloqalarni yanada yaxshilash imkoniyati edi. Shuni taʼkidlash kerakki, ularning har biri boʻlib oʻtgan saylovlarda kutilmagan holatlar tufayli lavozimga erishgan.
Ushbu sammit ishtirokchilari oʻzlarini sanoati rivojlangan mamlakatlar forumining vakili deb bilishgan:[4][1]:
G6 sammiti ishtirokchilari Mezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan. | ||||
Aʼzolar | Vakil | Lavozimi | Amalga kelgan vaqti | |
---|---|---|---|---|
Fransiya | Valéry Giscard d'Estaing | Prezident | 1974-yil, May | |
Gʻarbiy Germaniya | Helmut Schmidt | Kansler | 1974-yil, May | |
Italiya | Aldo Moro | Bosh vazir | 1974-yil, Noyabr | |
Yaponiya | Takeo Miki | Bosh vazir | 1974-yil, Dekabr | |
Birlashgan Qirollik | Harold Wilson | Bosh vazir | 1974-yil, Mart | |
Qoʻshma Shtatlar | Gerald Ford | Prezident | 1974-yil, Avgust |
Sammit uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish imkoniyat sifatida koʻrilgan. Amalda, sammit, shuningdek, uning a'zolari uchun qiyin iqtisodiy qarorlar oldida bir-birlariga oʻzaro dalda berish imkoniyati sifatida oʻylab topilgan[3]. Bu yilgi sammitda 1930-yillardan keyin boʻlgan eng jiddiy turgʻunlik haqida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Sammitda koʻrilgan baʼzi mavzular, protektsionizm, energiyaga qaramlikdan qochish va oʻsishni kuchaytirish oʻnlab yillar davomida dunyo kun tartibida qoldi[5][6].
Sammitda koʻrilgan masalalar quyidagilardan iborat edi:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.