Dusanov Zohid Abduqayumovich (oʻzbekcha: Дусанов Зоҳид Абдуқаюмович; 1976-yil 10-iyun, Samarqand viloyati Payariq tumani) - 2011-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasining raisi. Polkovnik[1].
Qisqa faktlar Dusanov Zoxid Abdukayumovich, Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi ...
Yopish
- 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
- 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
- 1998-2001-yillarda - Samarqand viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurorining yordamchisi, tuman prokuraturasining tergovchisi.
- 2001-2002 - Samarqand viloyati prokuraturasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qonunbuzarliklarga qarshi kurash boʻlimi katta tergovchisi, Samarqand viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta tergovchisi.
- 2002-2005-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bosh boshqarmasi katta tergovchisi.
- 2005-2006-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
- 2006-2008-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari – axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
- 2008-2011-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
- 2011-yil 2-fevraldan 2016-yil 20-dekabrgacha - Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi.
- 2016-yildan 2018-yilgacha - Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
- 2012-yildan 2018-yilgacha - Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi Prezidenti[2][3].