Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, Kavkazboʻyi SFSR (armancha: Անդրկովկասի Խորհրդային Սոցիալիստական Դաշնային (Ֆեդերատիվ) Հանրապետություն; ozarbayjoncha: Zaqafqaziya Sosialist Federativ Sovet Respublikası; gruzincha: ამიერკავკასიის საბჭოთა ფედერაციული სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Закавказская Социалистическая Федеративная Советская Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1922–1936-yillarda mavjud boʻlgan. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyani oʻz ichiga olgan. Rossiyadan Kavkaz togʻlari ajratib turgani uchun bu uch davlat Zakavkazye (Kavkazorti) davlatlari deb nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan.[1]
Qisqa faktlar Tarixiy era, Hozirda hududida quyidagilar mavjud ...
Yopish