Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi
SSSR ittifoqdosh respublikasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Gruziya SSR (gruzincha: საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Грузинская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Gruziyasi deb yuritiladi.
1921—1991 | |||||||||||||||||
Maqom | Andoza:Davlat bilgiqutisi/status text | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hukumat boshchisi | |||||||||||||||||
• 1922 |
Polikarp Mdivani | ||||||||||||||||
• 1990—1991 |
Tengiz Sigua | ||||||||||||||||
Davlat boshchisi | |||||||||||||||||
• 1990—1991 |
Zviad Gamsakhurdia | ||||||||||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||||||||||
|
Gruziya SSR 1801-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan anneksiya qilinib olinishidan avval Kavkazda bir necha mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan Gruziyaning anʼanaviy hududida tuzilgan. 1918-yilda mustaqillikka erishgan Gruziya Demokratik Respublikasini 1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi ishgʻol qilgan. Gruziya 1922–1936-yillarda Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan.
Gruziya SSR poytaxti Tbilisi shahri boʻlgan. Respublika 65 rayonga boʻlingan, 58 shahar, 55 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.