![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/83/Yongle_Encyclopedia.jpg/640px-Yongle_Encyclopedia.jpg&w=640&q=50)
Yongle ensiklopediyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yongle Ensiklopediyasi yoki Yongle Dadian (xit. an’anaviy 永樂大典, soddalashtrilgan 永乐大典, pinyin: Yǒnglè Dàdiǎn; tarjimasi: Buyuk Yongle qonuni) 1403-yilda Min sulolasi imperatori Yongle tomonidan boshlangan va 1408-yilda tugallangan asosiy qismi yoʻqolgan xitoy leyshu ensiklopediyasi. U 11 095 jilddan iborat 22 937 qoʻlyozma varaqlari yoki boblarini oʻz ichiga olgan[1]. Hozirgi kunda 400 dan kamroq jildi saqlanib qolgan[2]. Bu 800 ga yaqin bobni (rulon) yoki asl asarning 3,5 foizini tashkil etadi[3]. Uning katta qismi XIX asrning II yarmida Ikkinchi afyun urushi, ixetuan qoʻzgʻoloni va keyingi ijtimoiy tartibsizliklar jarayonlarida yoʻqolgan. Uning keng qamrovi va oʻlchami uni dunyodagi eng yirik umumiy ensiklopediyaga aylantirdi. 2007-yil oxirida, taxminan olti asr oʻtgach, Vikipediya undan oʻtib ketdi[4][5][6].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/83/Yongle_Encyclopedia.jpg/320px-Yongle_Encyclopedia.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4a/%E6%B0%B8%E6%A8%82%E5%A4%A7%E5%85%B8_04.jpg/640px-%E6%B0%B8%E6%A8%82%E5%A4%A7%E5%85%B8_04.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c5/Page_from_the_%27Great_encyclopaedia_of_the_Yongle_Reign%27_%28Yongle_dadian%29_%28CBL_C_1751%2C_f.34v%29.jpg/640px-Page_from_the_%27Great_encyclopaedia_of_the_Yongle_Reign%27_%28Yongle_dadian%29_%28CBL_C_1751%2C_f.34v%29.jpg)