Yil vikimediachisi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yilning eng yaxshi vikimediachisi — Vikipediya muharrirlari va Vikimedianing boshqa loyihalariga hissa qoʻshuvchilarni taqdirlaydigan yillik mukofot boʻlib, 2011-yil avgust oyida Vikimedia harakati doirasidagi muhim yutuqlarni taqdim etish uchun Vikipediya asoschisi Jimmy Wales tomonidan taʼsis etilgan. Wales sovrindorlarni tanlab oladi va ularni Vikimedia Jamgʻarmasining har yili boʻlib oʻtadigan Vikimaniya konferensiyasida taqdirlaydi (taqdirlash marosimlari 2020, 2021 va 2022-yillarda COVID-19 pandemiyasi sababli onlayn yigʻilishlarda boʻlib oʻtdi)[1]. 2011-yildan 2017-yilgacha mukofot Yilning eng yaxshi vikipediyachisi deb nomlangan[2].
Yilning eng yaxshi vikimediachisi | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Odatda Vikimaniya konferensiyasida topshiriladi. | |
Taqdirlash asosi | Vikimedia harakati doirasidagi asosiy yutuqlar uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | avgust2011 (12 yil avval) (2011-08) | |
Birinchi taqdirlash | 2011-yilda | |
Oxirgi taqdirlash | 2023-yilda |
2011-yilda mukofot ilk bor qozoqcha Vikipediyadagi faoliyati uchun Rauan Kenjexanuli(ingl.)oʻzb.ga berildi. Keyingi yili mukofot 15 000 ta inglizcha qisqa maqolalarni Nigeriyada soʻzlashuvchi til boʻlmish yoruba tiliga tarjima qilish uchun bot yaratgan „Demmy“ nomli foydalanuvchiga topshirildi. 2013-yilda Fransuz Vikimediasi va fransuzcha Vikipediyadan Remi Mathis maqola bahsidagi roli uchun mukofotga loyiq koʻrildi. 2014-yilgi mukofot oʻlimidan soʻng ukrainalik jurnalist Igor Kostenkoga berildi, u ukraincha Vikipediyani ijtimoiy tarmoq saytlarida faol targʻib qilgan va norozilik namoyishi chogʻida oʻldirilgan. Wales 2015-yilgi mukofotni shaxsi nomaʼlum boʻlgan foydalanuvchiga topshirdi. Va bir kun kelib foydalanuvchi shaxsiyatini ochiqlashiga umid bildirayotganini taʼkidladi. 2016-yilda mukofot ilk bora ikki foydalanuvchiga, Emily Temple-Wood and Rosie Stephenson-Goodknightga Vikipediyada ta’qiblarga qarshi kurash va ayollarni qamrab olishni koʻpaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun topshirildi. Keyingi yillardagi mukofotlar 2017-yilda Felix Nartey, 2018-yilda Farhad Fatkullin va 2019-yilda Emna Mizouni kabi foydalanuvchilarga topshirildi[⇨].
Asosiy mukofotdan tashqari, 2015-yilda birinchi boʻlib Susanna Mkrtchyan and Satdeep Gill faxriy yorliqlarga sazovor boʻldi. Oʻshandan beri boshqa faxriy yorliqlar ham berilib kelinmoqda[⇨]. Mukofot 2021-yilda quyidagi qoʻshimcha toifalar bilan kengaytirildi: „Yilning yangi foydalanuvchisi“[⇨], „Vikimedia laureati“[⇨], „Yilning texnik foydalanuvchisi“[⇨] va „Yilning media foydalanuvchisi“[⇨].