Vikimedia atrofidagi ijtimoiy harakat, jumladan, kontent nashrlari, Vikimedia tashkilotlari va mustaqil muharrirlar From Wikipedia, the free encyclopedia
Vikimedia harakati — Vikimedia loyihalariga, jumladan Vikipediyaga hissa qoʻshuvchilarning global hamjamiyati[1][2]. Bu hamjamiyat ushbu loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri tuzadi va boshqaradi[3], bunga ochiq standartlar va dasturiy taʼminot yordamida erishish majburiyatini oladi[4].
Turi | Hissa qoʻshuvchilar, boʻlimlar, foydalanuvchilar guruhlari va tematik tashkilotlarning norasmiy tashkil etilishi |
---|---|
Sanoat |
|
Hududiy xizmati | Dunyo boʻylab |
Vebsayti | wikimedia.org |
Dastlab Vikipediyaning koʻngilli muharrirlar hamjamiyati (Vikipediyachilar) tomonidan yaratilgan boʻlib, u oʻshandan beri Vikiombor va Vikimaʼlumotlar kabi loyihalarga, shuningdek, Vikimedia, MediaWikida foydalaniladigan dasturiy taʼminotga oʻz hissasini qoʻshayotgan koʻngilli dasturiy taʼminot muhandislari va ishlab chiquvchilari qoʻshilishi bilan kengaydi.
2021-yil holatiga koʻra, Vikimedia quyidagi loyihalardan tashkil topgan:
Vikimedia harakatining boshqa qoʻshimcha loyihalari quyidagilardan iborat:
Vikimedia hamjamiyatida har bir boʻlimga bagʻishlangan bir qancha jamoalar mavjud.
Koʻp tilli oʻzaro loyihalar hamjamiyatlari Meta-Wikida ishlab chiqilgan boʻlib, u yerda tarjima va boshqaruv masalalari muhokama qilinadi. Bir qator boshqa jamoalar va vikilar, jumladan, Autreach va Strategiya vikilari hamda Commons va Wikidata uchun takliflar mana shu yerda paydo boʻlgan.
Vikipediya hamjamiyati — Vikipediya onlayn ensiklopediyasiga hissa qoʻshuvchilar hamjamiyati. U muharrirlardan (Vikipediyachilar), baʻzi ishlaydigan Vikipediya botlaridan va adminstratorlardan iborat. Arbitraj qoʻmitasi (yoki ArbCom) Vikipediyadagi nizolar boʻyicha soʻnggi instansiya sudidir[5].
Wiki-rezident — bu madaniy muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradigan Vikipediyachilar. Ular koʻngilli yoki maoshli, doimiy yoki boʻsh vaqtlarida ishlashlari mumkin.
Tematik tashkilotlar xayriya tashkilotlari boʻlib, Vikimedia loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. 2021-yil holatiga koʻra, ikkita bunday tashkilot mavjud[6][7][8].
Wikimedia Deutschland (WMDE) Vikimedianing eng qadimgi boʻlimi boʻlib, oʻzining birinchi yigʻilishini 2004-yilda oʻtkazgan. 2016–yil holatiga koʻra, uning byudjeti 20 million yevroni tashkil qiladi[9][10]. WMDE kabi baʼzi boʻlimlar oʻz mablagʻlarining bir qismini toʻgʻridan-toʻgʻri grantlar va qoʻllab-quvvatlovchi aʼzoliklardan oladi. Baʻzi boʻlimlar esa oʻz mablagʻlarini asosan Vikipediya hamjamiyatining yillik reja grantlaridan oladi. 2019-yil holatiga koʻra, hamjamiyat byudjetining taxminan 10 foizi shu kabi boʻlimlar va tematik tashkilotlarga sarflangan[6].
Vikimedia Jamgʻarmasi shtab-kvartirasi San-Fransiskoda (Kaliforniya) joylashgan notijorat[11] va xayriya tashkilotdir. U domen nomlariga egalik qiladi va jamgʻarmaning baʼzi veb-saytlarini yuritadi. Vikimedia Jamgʻarmasi 2003-yilda Jimmy Wales tomonidan domenlar va savdo belgilari uchun masʼul boʻlgan mustaqil xayriya tashkiloti boʻlishi va Vikipediya va uning qardosh loyihalari kelajakda notijorat mablagʻlar orqali moliyalashtirilishi uchun tashkil etilgan. Uning maqsadi „... butun dunyo bo'ylab odamlarni bepul litsenziya ostida yoki jamoat mulki boʻlgan taʼlimga doir maʼlumotlarni toʻplash va rivojlantirish hamda uni samarali va global miqyosda tarqatish imkoniyatlarini kengaytirish va jalb qilish edi“[12][13][14].
Jamgʻarmaning 2015-yilgi moliyaviy hisobotiga koʻra, 2015–yilda Vikimedia Jamgʻarmasi 72 million AQSh dollari byudjetga ega boʻlib, uning faoliyatiga 52 million AQSh dollari sarflagan va zaxira mablagʻni 82 million AQSh dollariga oshirgan.[15]. Jamgʻarma asosan hayriyalar ortidan moliyalashtiriladi va oʻrtacha ehson miqdori 15 AQSh dollarini tashkil qiladi[16].
Turli xil Vikimedia loyihalarining 800 dan ortiq tildagi nashrlari mavjud boʻlib, ularning har birida umumiy qiziqish sohalarida ishlaydigan muharrirlar guruhlari mavjud.
Baʻzilarida oʼzlarining loyiha sahifalari, aʻzolik roʼyxatlari bilan Vikiloyihalar mavjud[17]. Baʻzilar foydalanuvchilar guruhlari sifatida roʻyxatdan o'tadilar, logotiplardan foydalanadilar va tadbirlar va loyihalar uchun grantlarda ishtirok etadilar. 2023-yil holatiga koʻra, 140 dan ortiq foydalanuvchilar guruhlari mavjud[18].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.