Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YOII) — 29-may 2014-yilda tashkil etilgan iqtisodiy ittifoq. Ushbi ittifoqga Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston davlatlari kiradi. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi aʼzo davlatlarning bir-biri bilan xalqaro va oʻzaro birlikni kuchaytirishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilishda ikkilanmoqda, Oʻzbekiston amaldorlari integratsiya istiqboliga qarshi daʼvolar bildirmoqdalar.[1][2] Mamlakat bugungi kunga qadar iqtisodiy va siyosiy integratsiyani amalga oshirmaslikni afzal koʻrmoqda.[3][4][5] Rossiya amaldorlari ushbu mamlakat bilan integratsiyalashuv sust boʻlishini taʼkidladilar va tahlilchilar Rossiyaning taʼsiri hamda Qirgʻiziston va Tojikistonda savdo-sotiqning kuchayishi bilan Oʻzbekistonning kelajakda qoʻshilishi mumkinligini aytmoqdalar.[6][7][8] Rossiya integratsiyalashuv jarayonini davlatning $865 million miqdoridagi qarzini oʻchirib yuborishini eʼlon qilganida boshlagan. Oʻzbekiston MDHning erkin savdo hududiga 2014-yilda qoʻshilgan boʻlib, mamlakat YOIIga aʼzo davlatlar bilan erkin savdo qiladi.[9][10][11] Ayrim manbalarga koʻra, Oʻzbekiston YOIIga toʻlaqonli aʼzo boʻlib kirmoqchi emas.[12] Chunki, Oʻzbekistonning amaliy betarafligi mamlakat qonunchiligida mustahkamlanib qoʻyilgan.