From Wikipedia, the free encyclopedia
Yelena Aleksandrovna Kuzmina (1909-yil 4-fevral, Tiflis, Rossiya imperiyasi – 1979-yil 15-oktyabr, Moskva, SSSR) – sovet kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti (1950). Uchta Stalin mukofoti sovrindori (1946, 1948, 1951).
Yelena Kuzmina 1909-yil 4-fevralda (baʼzi maʼlumotlarda 17-fevralda) Tbilisida tugʻilgan[1]. Uning otasi Aleksandr Kuzmin suv inshootlari muhandisi boʻlgan. Aktrisaning bolaligi Toshkentda oʻtgan. Toshkent xotin-qizlar gimnaziyasiga oʻqishga kirgan, biroq tez orada uyda oʻqishga oʻtdi. Toshkentda Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan keyin maktabga qaytgan. Keyin esa oilasi bilan Tbilisiga koʻchib ketgan.
U 1925-yilda Tbilisidan Leningradga oʻqish uchun kelgan va ikki yil vaqt sarflablab, FEKS kino ustaxonasiga oʻqishga kirgan va uni 1930-yilda bitirgan. 1929-yilda aktyorlik faoliyatini boshlagan. Uning debyut roli „Yangi Bobil“ badiiy filmidagi kommuna ayol Luiza boʻlgan[2].
Uning ijodidagi yetakchi mavzu hayotning ogʻir sinovlarida kuchli ayol xarakterini shakllantirish boʻlgan.
„Maxfiy topshiriq“ filmidagi razvedkachi Mariya-Marta rolida Kuzminaning mahorati yaqqol namoyon boʻlgan. Aktrisa ikkita rolni mahorat bilan oʻynagan (beadab va shafqatsiz Gestapo xodimi hamda yumshoq, samimiy, oʻz burchini fidokorona va kamtarlik bilan bajargan sovet ayoli).
Komediya qahramoni sifatida Kuzmina tor burjua dunyosida yashovchi filist Mariya Konstantinovna („Duel“) rolida va Aurora Bompas („U eriga qanday yolgʻon gapirdi“) rolini ijro etgan.
„Jannatdagi soʻnggi tun“ („Jannatdan qochish“) filmida aktrisa jahldor, shafqatsiz Sanda Kitsanning rolini oʻynagan.
Yelena Aleksandrovna Kuzmina 1979-yil 15-oktyabrda 71 yoshida Moskvada vafot etgan. U Novodevichy qabristoniga, erining yoniga dafn etilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.