![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b7/Yaya_Tour%25C3%25A9_%2528cropped%2529.jpg/640px-Yaya_Tour%25C3%25A9_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Yaya Toure
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gnégnéri Yaya Toure (talaffuzi: Gnegneriy Yaya Ture)(1983-yil 13-mayda tugʻilgan) — professional futbol murabbiyi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi.
![]() Touré, 2013-yilda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gnégnéri Yaya Touré[1] | ||
Tavallud sanasi | 13-may 1983-yil (1983-05-13) (41 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Bouaké, Kot-dʼIvuar | ||
Boʻyi | 1.88 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996-2001 | ASEC Mimosas | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001-2003 | Beveren | 70 | (3) |
2003-2005 | Metalurh Donetsk | 33 | (3) |
2005-2006 | Olympiacos | 20 | (3) |
2006-2007 | Monaco | 27 | (5) |
2007-2010 | Barcelona | 74 | (4) |
2010-2018 | Manchester City | 230 | (59) |
2018 | Olympiacos | 2 | (0) |
2019-2020 | Qingdao Huanghai | 14 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2004-2015 | Kot-dʼIvuar milliy futbol terma jamoasi | 101 | (19) |
Boshqargan klublari | |||
2021 | Olimpik Donetsk (Yordamchi murabbiy) | ||
2021 | Akhmat Grozny (Yordamchi murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Toure yoshligida hujumchi boʻlishni orzu qilgan[4], lekin markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Shu jumladan 2009-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida "Barcelona" safida oʻynagan.[5] Biroq, Yaya Toure oʻz faoliyatining koʻp qismini klub va oʻz mamlakati safida yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻtkazdi, u yerda Yaya Toure oʻz pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri sifatida qabul qilindi[6]. Barcha davrlarning eng zoʻr afrikalik futbolchilaridan biri boʻlgan Toure 2011, 2012, 2013 va 2014-yillarda Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[7][8].
Toure 2004-yildan 2015-yilgacha Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida 2006, 2010 va 2014-yilgi Jahon chempionati turnirlarida milliy terma jamoa sharafini himoya qilgan. U, shuningdek, 2006, 2008, 2010, 2012, 2013 va 2015-yillarda Afrika Millatlar Kubogida qatnashib, 2006 va 2012-yillarda ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan, 2015-yilda esa gʻalaba qozongan. Yaya Toure „Manchester City“ va milliy terma jamoadagi hamkasbi Kolo Tourening ukasi.