Xorvatiya televideniyesi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xorvatiya televideniyesi birinchi marta 1956-yildan boshlab rivojlana boshlagan. 2012-yil holatiga koʻra, 10 ta milliy va 21 ta mintaqaviy DVB-T (Raqamli video eshittirish vositalari) telekanallari, Xorvatiya Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki Xorvatiya ommaviy axborot vositalari bozori uchun ishlab chiqarilgan (Internet protokoli televideniyesi), kabel yoki sun'iy yo'ldosh televideniesi) va IPTV orqali efirga uzatiladigan 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud. Xorvatiyadagi elektron aloqa bozori Xorvatiya tarmoq sanoatini tartibga solish organi (HAKOM) tomonidan tartibga solinadi. Shuningdek, u efirga uzatish litsenziyalarini beradi va bozorni nazorat qiladi. DVB-T va sunʼiy yoʻldosh uzatish infratuzilmasi Odašiljači i veze (OiV) davlat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlanadi.
Xorvatiyada birinchi televizion signal 1939-yilda Zagreb yarmarkasida boʻlib uzatilgan va u yerda Philips oʻzining televizor tizimini birinchi marotaba ommaga namoyish qilgan. Birinchi muntazam eshittirishlar 1956-yilda Televizion Zagreb Yugoslaviya radio-televideniye tizimidagi birinchi televizion stantsiya sifatida tashkil etilgandan rivojlana boshlangan. Rangli eshittirishlar 1972-yildan efirga uzatila boshlangan. Qamrov va kanallar soni barqaror ravishda oʻsib bordi va 2000-yillarga kelib Xorvatiyada butun mamlakat boʻylab toʻrtta kanal mavjud edi. DVB-T signalli eshittirishlar 2002-yildan efirga uzatila boshlangan va 2010-yilda mamlakat ommaviy axborot bozoriga toʻliq raqamli o'tish yakunlangan. Oʻsha davrda IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bozorlari sezilarli darajada oʻsgan va 2011-yilga kelib aholining atigi 60.7 foizi faqat DVB-T televizoridan foydalangan boʻlib, qolganlari IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalanishgan.
2012-yil yanvar holatiga koʻra, DVB-T uchta multipleksda efirga uzatilgan boʻlib, DVB-T eshittirishlari Xorvatiya hududining toʻqqizta asosiy hududida va yirik shaharlariga mos keladigan kichikroq mahalliy hududlarda oʻz faoliyatini boshlagan. Yuqori aniqlikdagi televizor (HDTV) faqat IPTV orqali efirga uzatilgan. Ammo HDTV DVB-T test dasturlari 2007-yildan 2011-yilgacha qisqa vaqt davomida efirga uzatilgan. 2011-yilda mamlakatda DVB-T2 test translyatsiyasi oʻtkazilgan.
2019-yil noyabr oyidan boshlab barcha milliy kanallar uchta DVB-T va bitta DVB- T2 (HEVC/H.265) MUX orqali efirlar uzatilgan. 2020-yil iyundan keyin DVB-T MUX-lar oʻchirib qoʻyiladi va barcha kanallar ikki DVB- T2 (HEVC/H.265) MUX orqali eshittirila boshlaydi.
Xorvatiya televideniyesi, shuningdek, mamlakatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari, bir tomondan global muammolar va tendensiyalar, ikkinchi tomondan milliy mavzular muvozanati yoʻqligi uchun tanqid qilinadi. Xorvatiyadagi barcha yirik televizion tarmoqlar odatda haddan tashqari kommersiya taʼsiri ostida boʻlgan deb hisoblanadi. Davlatga qarashli Xorvatiya radiotelevideniyesi Xorvatiyadagi diaspora, odatiy taʼlim dasturlari, hujjatli filmlar va boshqa dasturlarni tayyorlashi va efirga uzatishi shart boʻlgan. Xorvatiya televideniye vositalari nodavlat notijorat tashkilotlari bilan homiylikda oʻz axborotlarini jamoatchilikka yetkazish va Xorvatiya hukumatini tanqid qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Televideniye Xorvatiya aholisining 57% uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi.