From Wikipedia, the free encyclopedia
ITER (boshlangʻich abbr. inglizcha: International Thermonuclear Experimental Reactor, ITER) – halqaro tajribaviy termoyadro reaktorining loyihasi. ITERning fazifasi termoyadro reaktorining tijoriy maqsadda foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish va bu yoʻlda uchraydigan fizik va texnologik muammolarni hal qilishdan iboratdir.
LOGOTIPI | |
ishtirokchi davlatlar | |
Qisqartma | ITER |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 24 oktabr 2007-yil |
Joylashuvi | Fransiya |
Asoschi(lar)i |
Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi Hindiston Yaponiya Rossiya Koreya Respublikasi AQSh |
Direktori | Bernard Bigot |
Aʼzolari |
Boshqalar: Avstraliya Kanada Qozogʻiston Tailand Birlashgan Qirollik (under the EU’s Fusion for Energy) Shveysariya (as member of EURATOM) |
Vebsayti | iter.org |
Reaktorni loyihalash ishlari yakuniga yetgan va uning qurilishi uchun Fransiyaning janubidagi Marseldan 60 km uzoqlikdagi —Kadarash (fransuzcha: Cadarache) tadqiqot markazi tanlangan. 2012-yil dekabrda ITER rahbariyati tomonidan mag'toka kompleks binosini qurish uchun fransuz-ispan konsortsiumi boʻlmish VFR bilan fuqoro-huquqiviy shartnoma imzolandi. 2013-yil may oyi holatiga koʻra reaktorosti temirbeton asosini bunyod qilish ishlari yakunlandi. Kotlavan devorlari qurilmoqda. 2013yil avgustida magʻtoka issiq kameralari uchun maydon tayyorlandi, ikkita yordamchi bino va energetik podstantsiya qurildi. Noyabrda esa magʻtoka kompleksi atrofida drenaj va yordamchi tunnellar tashkil etildi. Dekabr oyi boshida reaktorning asosiga betondan 1.5 metrlik plitalar quyish ishlari boshlandi. Beton 21x26 metrli oʻlchamdagi sektsiyalar boʻylab olti oy davomida quyiladi. Barcha sektsiyalar soni 15 tani tashkil qiladi. Bitta sektsiyani quyish oʻn soat davom etadi, keyin bir oy davomida beton qotadi. Soʻngra opalubka va armatura yechib olinib navbatdagi sektsiyaga oʻtiladi. 2014-yil 22 yanvargacha ikkita sektsiya quyildi. Bu bosqichni 2014-yil iyul oyigacha yakunlash rejalanmoqda.
Qurilish qiymati avvaliga 5 milliard yevroni, uni yakunlash ishlari 2016-yilga moʻljallangan edi. Biroq taxmin qilingan harajatlar qiymati ikki barobar oʻsdi va soʻngra tajribalar boshlanish sanasi 2020-yilga surildi.
Pervonachalno nazvanieAvval boshida „ITER“ nomi bilo obrazovano kak sokraщenie inglizcha: International Thermonuclear Experimental Reactorning qisqartirmasi edi, ayni vaqtda esa bu nom rasmiy abbreviatura hisoblanmaydi, balki lotincha Andoza:Lang-la2 – „yoʻl“ soʻzi bilan ifodalanadi.
ITER loyihasini amalga oshirish boʻyicha rossiya majburiyatlari ulushi boʻyicha [1] Kurchatov instituti, Rosatom davlat korparotsiyasi, D. V. Efremov nomidagi Ilmiy-tadqiqot instituti, N. A. Dollejalya nomidagi ilmiy-tadqiqot va energotexnik konstruktorlik instituti, RFA amaliy fizika instituti, Troitskiy innovatsion va termoyadro tadqiqotlar instituti, RFanlar akademiyasining A. F. Ioffe nomidagi Fizik-texnologik instituti, Neorganik materiallar Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti, Kabel sanoati bo'yicha butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti, „Ilm va innovatsiya“ boshqaruv kompaniyasi, RFA Yadro fizikasi instituti SBlar asosiy rol oʻynaydi.
ITER loyihasida Qozog'istonning ishtiroki[2] gi qaror asosida quyidagilar [3] Qozog'iston Respublikasi Milliy Yadro Markazi, Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy instituti qoshidagi tajribaviy va nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti, Qozog'iston Respublikasi Milliy Yadro Markazining yadro fizikasi instituti, Ulbin metallurgiya zavodi, КазНИПИЭнергопром[4], Qozelektromash ishtirok etadi.
2007-yil yanvarda Fransiya janubidagi Kadarashda qurilish maydoni tayyorlandi. Bu uzoq yillik qurish jarayonidagi birinchi bosqich boʻlib, u ikki asosiy fazaga boʻlinadi:
ITER qurilishi uchun Fransiyaning janubiy hududidaga Sen-Pol-le-Dyurans (Provans-Alp-Lazur qirgʻogʻi) kommunasida 180 ga yer maydoni ajratilgan.
ITERning asosiy qismi – mag'toka va barcha xizmatchi binolar uzunligi 1000 metr, eni 400 metr boʻlgan maydonda joylashadi. Qurilish ishlari 2017-yilgacha davom etishi kutilmoqda. Bu bosqichdagi asosiy ishlar ITERning fransuz agentligi rahbarligida olib boriladi.
ITER majmuasi 23 ming tonnalik 60 metrlik kolossni tashkil qiladi.
2013-yil iyun oyi oxiriga kelib loyihaning olti ishtirokchisi tomonidan 420 tonna (kerak boʻladigan hajmning 90 %) torodial maydon oʻtkazgichlari uchun niobiy-qoʻrgʻoshinli strendlar tayyorlandi. Shu bilan birga Xitoy, EI va Rossiya 133 tonna (kerak boʻladigan hajmning 51 %) poloidal maydan oʻtgazgichlari uchun niobiy-titanli strendlarni tayyorlab boʻldi.
ITER „mag'toka“ turidagi termoyadro reaktorlar turiga talluqlidir. Ikki yadro: deyteriy va tritiy qoʻshilib, geliy yadrosini (alfa-zarra) hamda yuqorienergiyali neytronni hosil qiladi.
Konstruksiyaning umumiy radiusi | 10,7 m |
Balandlgi | 30 m |
Vakuum kamerasining katta radiusi | 6,2 m |
Vakuum kamerasining kichik radiusi | 2,0 m |
Plazma hajmi | 837 m³ |
Magnit maydoni | 5,3 Tl |
Plazma shnuridagi maksimal tok | 15 MA |
Plazmaning tashqi qizish quvvati | 40 MVt |
Termoyadro quvvati | 500 MVt |
Quvvat kuchayishi koeffitsenti | 10x |
Oʻrtacha harorat | 100 MK |
Impuls davomiyligi | > 400 s |
Loyiha qiymati avvalida 12 mlrd. dollarga baxolangan edi. Qatnashchilar ulushi quyidagicha taqsimlangan edi:
2010-yil iyulda loyihani oʻzzzgartirilishi va materiallar narxini oʻsishi tufayli ITER reaktorini qurilish tannarxi 15 mlrd. evroga oshirildi.[9]. Shunday qilib, EIning loyihadagi ulushi 4,36 mlrd. dan 5,45 mlrd. gacha oshirilishi lozim. Rossiya tomoni 2013—2015-yillar oraligʻida loyihaga 14,4 mlrd. rubl ($400 dan oshiq) mablagʻ sarflaydi: 5,6 mlrd. rubl 2013-yilda, 4,8 mlrd. rubl 2014-yilda va 3,99 mlrd. rubl 2015-yilda [10].
Rahbar organ – ITER Kengashi (ITER Council) loyihada davlatlarning qatnashuvi, personallar boʻyicha ishlarni, maʼmuriy qoidalarni va byudjet harajatlari boʻyicha qaror qabul qiladi.[11]
ITER Kengashi raisi – Evgeniy Pavlovich Velixov (2009-yilda saylangan)[12]
ITER Kengashi Bosh derektori etib Osamu Motodzima (Osamu Motojima) tayinlangan (28 iyul 2010-yilda) [13]
Termoyadro reaktori radiatsion jihatdan yadro reaktorlaridan xavfsizroqdir. Undagi radioaktiv moddalar hajmi ancha kam. Qandaydur avariya sodir boʻlgan taqdirda ajralib chiqadigan energiya kam va reaktorni buzilishiga olib kelmaydi.shu bilan birga reaktor konstruksiyasida tabiiy toʻsiqlar boʻlib, radioaktiv moddalarni tarqalishiga yoʻl qoʻymaydi. Masalan, vakuum kamerasi va kriostat qobigʻi germetik holda boʻlishi kerak, aks holda reaktor ishlamaydi. Shuningdek ITERni loyihalashda oddiy ekspluatatsiya vaqtida va avariya holatida ham radiatsion xavfsiz boʻlishiga katta eʼtibor berilgan. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan radiaktiv ifloslanishning bir necha manbalari bor:
Tritiy va changlar vakuum kamerasi va kriostatdan tashqariga chiqqanda tarqalishini oldini olish uchun maxsus ventilatsiya tizimi boʻlib, u reaktor binosidagi bosimni kamaytiradi. Shuning uchun binodan havo chiqib ketmaydi.
Reaktor qurilish jarayonida imkon darajasida yadro energetikasida tajribadan oʻtgan materiallardan foydalaniladi. Shuning uchun oʻtuvchan radiatsiya uncha koʻp emas. Hatto sovutish tizimi ishdan chiqqan holda ham tabiiy konvektsiya vakuum kamerasi va boshqa konstruktsiya elementlarini sovutish uchun yetarli boʻladi.
Baxolashlar shuni koʻrsatdiki, avariya sodir boʻlgan holda radioaktiv zaralanish aholi uchun havf tugʻdirmaydi va evakuatsiyaning hojati yoʻq.
20 iyunya 2012-yil 20 iyunda tashkilot moslamaning havfsizlik normalariga mos kelishi toʻgʻrisida rasmiy dalolatnomaga ega boʻldi.[14]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.