From Wikipedia, the free encyclopedia
Korroziya (lotincha corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana qarang Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va boshqa hosil boʻlishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti yediriladi.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.