will.i.am
From Wikipedia, the free encyclopedia
William James Adams Jr. (talaffuzi: Uilyam Jeyms Adams; 1975-yil 15-martda tugʻilgan) — professional tarzda will.i.am sifatida tanilgan amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va Produser. U Black Eyed Peas musiqa guruhining asoschisi va yetakchi aʼzosi.
Will.i.am | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
William James Adams Jr. 15-mart 1975-yil (1975-03-15) (49 yosh) Los Angeles, California, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi, bastakor, aranjirovkachi, raqqos, xoreograf, produser, aktyor, tadbirkor, filantrop |
Guruh | Black Eyed Peas |
Janr | R&B, pop, hip hop |
Faoliyat yillari | 1988-hozirgacha[1] |
Veb-sayt | will.i.am |
Yakkaxon ijrochi sifatida will.i.am Atlantic Records orqali Lost Change (2001) dan boshlab toʻrtta albom chiqardi. Uning ikkinchi yakkaxon albomi Must B 21 2003-yil 23-sentabrda chiqdi. „Go!“ musiqasi muntazam ravishda NBA Live 2005 va Madden NFL 2005 mavsumlari uchun asosiy musiqa sifatida ishlatilgan. Uning uchinchi albomi „Songs About Girls“ 2007-yil 25-sentabr, toʻrtinchi studiyaviy albomi #willpower esa 2013-yilda chiqdi.
Musiqa produseri sifatida will.i.am boshqa ijrochilar, shu jumladan A.R. Rahman, Cheryl, Michael Jackson, Justin Bieber, Kesha, Britney Spears, Miley Cyrus, David Guetta, U2, Rihanna, Lady Gaga, Usher, Justin Timberlake, Nicki Minaj, 2NE1 va Baby Kaelylar bilan ishlagan[2].