![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Miley_Cyrus_Primavera19_-226_%252848986293772%2529_%2528cropped%2529.jpg/640px-Miley_Cyrus_Primavera19_-226_%252848986293772%2529_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Miley Cyrus
From Wikipedia, the free encyclopedia
Miley Ray Cyrus (talaffuzi: Mayli Rey Sayrus; asl ismi — Destiny Hope Cyrus; 23-noyabr 1992-yilda tugʻilgan)[5] amerikalik aktrisa va musiqachidir. Country musiqachi Billy Ray Cyrus oilasida tugʻilgan Miley bolaligida Doc seriali va Big Fish filmida kichik rollarda suratga tushdi. 2006-yili Cyrus Disney Channel tayyorlagan Hannah Montana serialida Miley Stewart rolini ijro etib, oʻsmirlar idoliga aylandi. 2007-yili Hollywood Records bilan shartnoma tuzib, teleserial soundtracki va Cyrus'ning debut albomi boʻlgan Hannah Montana 2: Meet Miley Cyrus musiqiy albomini chiqardi. Albom Qoʻshma Shtatlarda uch million nusxada sotilib, "See You Again" singli Billboard oʻnligiga kirdi. Oʻsha yili uning Best of Both Worlds Tour gastroli boʻlib oʻtdi va unga asoslangan Hannah Montana & Miley Cyrus: Best of Both Worlds Concert filmi chiqarildi.
Miley Cyrus | |
---|---|
![]() Cyrus Barselonada (2019) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Destiny Hope Cyrus 23-noyabr 1992-yil (1992-11-23) (31 yosh) |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Liam Hemsworth[1] |
Janr | Pop,[2] country,[3] rock[4] |
Amplua | vokal, aktrisa, shoira, modelyer |
Faoliyat yillari | 2001—bugun |
Veb-sayt |
![]() |
Cyrusning ikkinchi albomi, oʻz ichiga muvaffaqiyatli "7 Things" singlini olgan Breakout (2008), milliondan ortiq nusxada sotilib, platina sertifikatiga erishdi. Oʻsha yili u Bolt animatsiyali filmida Penny personajiga ovoz berdi. Film titul ashulasi "I Thought I Lost You" uchun Cyrus Golden Globe mukofotiga nomzod etildi. 2009-yili Cyrus Hannah Montana: The Movie toʻliq metrajli filmida suratga tushdi, filmning soundtracki va bosh singli "The Climb" uni country va adult contemporary musiqa bozorlariga olib kirdi.
Cyrus 2009-yilda chiqqan The Time of Our Lives mini albomi bilan ulgʻaygan obraz va mainstream pop tovushga kirdi. Billboard Hot 100 chartida ikkinchi oʻringa chiqqan "Party in the U.S.A." ashulasi uning oʻsha paytgacha chiqarilgan singllari ichida eng muvaffaqiyatlisi boʻldi. Cyrus obrazining voyaga yetish jarayoni 2010-yilda chiqqan The Last Song filmi va uning uchinchi, Can't Be Tamed albomi bilan davom etdi. Albomda dance musiqa unsurlari sezilib, seksual mavzudagi ijro orqali reklama qilindi. Keyingi ikki yil u oʻzini aktrisalik karyerasiga jalb qilib, bir necha TV va kinosuratlarda ishtirok etdi. RCA Records bilan shartnoma tuzgach, Cyrus 2013-yili toʻrtinchi, Bangerz albomini chiqardi. Uning "We Can't Stop" va "Wrecking Ball" singllari provokatsion musiqa videolari bilan targʻib etildi. Biri 2013 MTV Video Music Awards marosimida janjalli ijro etilgan boʻlsa, ikkinchisi uning Qoʻshma Shtatlardagi ilk birinchi raqamli hitiga aylandi.
Cyrus Disneydan chiqqan eng muvaffaqiyatli artistlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Cyrus Forbes jurnalining 2010-yilgi Celebrity 100 roʻyxatida oʻn uchinchi oʻrinni oldi.[6] 2011-yilgi Guinness rekordlarida Cyrus “Eng Chartlangan Teenager” deb eʼlon qilindi.[7] 18 yoshida u yettita top-oʻn hit va toʻrtta albom chiqarib ulgurgan edi. 2013-yil oktyabrida Cyrus Billboard Hot 100 da toʻqqizda top-oʻn hit yigʻdi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/af/Miley_Cyrus_38th_People%27s_Choice_Awards_%28cropped%29.jpg/320px-Miley_Cyrus_38th_People%27s_Choice_Awards_%28cropped%29.jpg)