From Wikipedia, the free encyclopedia
WiMAX (inglizcha: Worldwide Interoperability for Microwave Access) – texnologiyasini rivoji hamda koʻtarilishi uchun 1999-yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qoʻshilishgan. 2005-yil may oyiga kelib ushbu forumda 230 dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. Oʻsha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qoʻygan.
WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.
Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oraligʻidagi bogʻlanish past chastotali diapason (2–11 GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bogʻlanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda maʼlumot uzatishga imkon beradi va toʻgʻridan-toʻgʻri signal koʻrishni talab etmaydi[1].
Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat „soʻnggi milya“, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bogʻlashda bemalol qoʻllash mumkin.
Qoʻshni baza stansiyalari bilan OYCh (oʻta yuqori chastota 10–66 GHz) toʻgʻridan-toʻgʻri radioaloqa rejimida doimiy bogʻlanish oʻrnatiladi. Bunday bogʻlanishlar 120 Mb/s tezlikda maʼlumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish orqaligina bir biri bilan maʼlumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bogʻlanishga orada toʻsiq boʻla olardi.
Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bogʻlanish orqali (T3 va shunga oʻxshash) provayder bilan doimiy bogʻlanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmogʻi strukturasi odatiy mobil aloqa tarmogʻiga oʻxshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 Km radiusda hizmat koʻrsata oladi.
WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.
Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10–66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli soʻnish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning toʻgʻridan toʻgʻri bir biriga koʻrish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo boʻlmish signalning koʻpnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha koʻtarilishiga olib keladi.
Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga koʻchib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qoʻllanadi.
Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga koʻchish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. Toʻgʻri, ushbu rejimdan shaharda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tugʻdiradi.
Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan boʻlib, foydalanuvchining joydan-joyga koʻchib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha boʻlganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab oʻtishimiz mumkin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.