![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/51/Warren_Buffett_KU_Visit.jpg/640px-Warren_Buffett_KU_Visit.jpg&w=640&q=50)
Warren Buffett
Amerikalik sarmoyador va ishbilarmon / From Wikipedia, the free encyclopedia
Warren Edward Buffet (1930-yil 30-avgustda tugʻilgan),[1] Amerikalik tadbirkor, investor va saxovatpesha. U dunyodagi eng omadli investorlardan biri deb tan olingan.[2][3] Koʻpincha uni „Warren Buffett – afsonaviy investor“ deb ataydilar. U Berkshire Hathaway shirkatining CEO'si va direktoridir. U dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida 4-may 2019-yil reytingida US$89.9 milliard mablagʻi bilan uchinchi oʻrinda turadi.[4]
Warren Buffett | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Warren Edward Buffett 30-avgust 1930-yil (1930-08-30) (93 yosh) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | tadbirkor, investor va saxovatpesha |
Faoliyat yillari | 1951–bugun |
Millati | Amerikalik |
Turmush oʻrtogʻi |
Susan Thompson (1952–2004) Astrid Menks (2006–bugun) |
Bolalari |
Susan Alice Buffett Howard Graham Buffett Peter Andrew Buffett |
Ota-onasi |
Howard Buffett Leila Stahl Buffett |
Veb-sayti |
berkshirehathaway.com letters.foundation |
Imzosi | |
![]() |
2008-yil dunyoning eng boy odami deb eʼtirof etilgan boʻlsa, 2011-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatining 3-oʻrniga tushib qoldi. Buffettni „Omaha sehrgari“, „Omaha bashoratchisi“ yoki „Omaha donishmandi“ deb ham ataydilar. Warren oʻzining falsafiy investitsiya qiymatiga ishqibozligi va oʻzining ulkan boyligiga qaramasdan shaxsiy (tugʻma) qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, Buffett yana koʻzga koʻringan sahovatpeshalardan ham biri hisoblanadi. Uning fikriga (falsafasiga) koʻra baxtning 99%'i xayrli ishlardan kelib chiqadi. U yana Grinell Kollejining moliya boshqaruvchisi aʼzosi sifatida ham xizmat koʻrsatgan.