![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/John_D._Rockefeller%252C_Sr.jpg/640px-John_D._Rockefeller%252C_Sr.jpg&w=640&q=50)
Dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxati
Wikimedia roʻyxat maqolasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Forbes milliarderlar roʻyxati — Forbes jurnali tomonidan 1987-yildan beri har yili mart oyida eʼlon qilinadigan eng badavlat kishilar roʻyxati hisoblanadi[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/John_D._Rockefeller%2C_Sr.jpg/640px-John_D._Rockefeller%2C_Sr.jpg)
Har yili 1 milliard AQSh dollari va undan ortiq sof boylikka ega boʻlgan odamlarning yillik roʻyxati chiqariladi. Roʻyxat birinchi marta 1987-yil mart oyida chop etilgan[2]. Roʻyxatdagi har bir shaxsning umumiy sof boyligi ularning hujjatlashtirilgan aktivlari, qarz va boshqa omillarni hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan, AQSh dollarida keltirilgan. Bu roʻyxatlarga qirollik oilasi vakillari va diktatorlar kiritilmaydi[3].
2018-yilda Amazon asoschisi Jeff Bezos Microsoft asoschisi Bill Gatesni ortda qoldirib, birinchi marta yuqori oʻrinni egalladi va ilk yuz milliard dollarlik boylikka ega shaxs boʻldi[4]. 2022-yilda Elon Musk roʻyxatda yetakchil boʻldi[5]. 2023-yilda fransuz tadbirkori Bernard Arnault roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi va oʻz navbatida birinchi oʻrinni egallagan fransuz boʻldi[6].