From Wikipedia, the free encyclopedia
Jeffrey Preston Bezos (talaffuzi: Jeffri Preston Bezos; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan)[1] amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir[2][3]. Bezos 1994-yilda hozirda jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi uchinchi eng badavlat inson hisoblanadi[4][5].
Jeff Bezos | |
---|---|
Tavalludi |
Jeffrey Preston Jorgensen 12-yanvar 1964-yil Albukerke, Nyu-Meksiko, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
MacKenzie Tuttle (1993—2019) |
Bolalari | 4 |
Ota-onasi |
|
Veb-sayti | jeffbezos.com |
Imzosi | |
Bezos AQShning Albukerke shahrida tugʻilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida oʻtgan. 1986-yilda Princeton universitetini tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya avvalboshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan. 2021-yilning sentyabrida Mail.ru asoschisi Yuriy Milner bilan birgalikda Altos Labs nomli biotexnologik kompaniyaga asos solgan[6].
2021-yilda Bezos „Amazon“ kompaniyasi ishchilari birlashishi va kasaba uyushmasi tuzishiga qarshi ekanini bildirdi[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.