From Wikipedia, the free encyclopedia
Vladimir Kozak (ukraincha: Володимир Козак; 1993-yili 12-iyun, Toshkent) – Millati ukrain boʻlgan Oʻzbekistonlik futbolchi. Yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vladimir Anatolyevich Kozak | ||
Tavallud sanasi | 12-iyun 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 185 cm (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dinamo | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Paxtakor | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2022 | Paxtakor | 208 | (21) |
2021 | → AGMK | 3 | (0) |
2022 | Navbahor | 2 | (0) |
2024— | Dinamo | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2012—2013 | Oʻzbekiston U-20 | - | (-) |
2014—2016 | Oʻzbekiston U-23 | - | (-) |
2014—2020 | Oʻzbekiston | 7 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Vladimir Kozak professional futboldagi faoliyatini 2010-yili Paxtakor klubida, Toshkentning boshqa bir klubi Bunyodkor jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda boshlagan. U hozir ham ushbu klub sharafini himoya qilib keladi, shu vaqtga qadar u klub tarkibida 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol kiritgan. Oliy liganing 2012-yilgi mavsumida 5 ta gol urgan, shulardan ikkitasini bitta oʻyinda Buxoro klubiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan[1]. Kozak 2014-yili ham oliy liga bahslarida 5 ta gol urib, mamlakat chempionligini 2-marotaba qoʻlga kiritadi.
Vladimir Kozak terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yilning 29-mayida Ummon terma jamoasi bilan kechgan oʻrtoqlik ucrashuvida oʻtkazgan. U Oʻzbekistonning yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasida ham oʻynagan. U Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar jahon chempionatida qatnashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.