Vagner guruhi isyoni
Ichki -russiya beqarorlik va avj olish (23/24, 2023 yil 23 iyun) / From Wikipedia, the free encyclopedia
2023-yilning 23-iyunida Vagner guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini Vagner lagerlariga hujum uyushtirganlikda aybladi[6] hamda Mudofaa vazirligi rahbariyatidan intiqom olishga soʻz berdi[7]. U yana rahbariyatdagi „razil“ toʻxtalishini qoʻshimcha qilib, „adolat marshini“ boshlashga vaʼda berdi. Uning soʻzlariga koʻra, mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina va NATO goʻyoki Rossiyaga hujum qilmoqchi boʻlgani hamda Rossiyaning Ukrainadagi bosqinining borishi haqida jamoatchilikka yolgʻon bayonotlar berib kelgan[8]. Shuningdek, Prigojin Shoyguni Rossiyaning jang maydonidagi yoʻqotishlarida qoralab, rus elitasi manfaatlari uchun urushni olib borganlikda ayblagan[9][10]. Natijada Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Prigojinga nisbatan „qurolli qoʻzgʻolon uyushtirish“ boʻyicha jinoiy ish ochdi[6][11][12].
Vagner guruhi isyoni | |||||
---|---|---|---|---|---|
Rossiyaning Ukrainaga bosqini | |||||
| |||||
Raqiblar | |||||
Vagner XHK | Rossiya hukumati
| ||||
Qoʻmondonlar | |||||
Yevgeniy Prigojin |
| ||||
Kuchlar | |||||
25 000 nafar askar[1] | nomaʼlum | ||||
Yoʻqotishlar | |||||
1 dona UAZ texnikasi yakson qilingan[2] | 15 nafas askar oʻlgan, oltita vertolyot va bitta havo-desant qoʻmondonlik markazi samolyoti urib tushirilgan;[note 1] 1 dona Mi-8MTPR-1 vertolyoti shikastlangan; 1 ta MRAP va IMV qo‘lga kiritilgan.[2] |
Prigojin 25.000 kishidan iborat Vagner askarlarini Ukrainadan olib chiqib, Rostov viloyatining Rostov-Don shahriga kiritdi[13][14][1]. Uning taʼkidlashicha, Vagner askarlari Roston-Don shahriga kirib borishayotganda, chegarada ularga hech kim qarshilik koʻrsatmagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jamoatchilikka videomurojaat yoʻllab, unda Vagnerning xatti-harakatlarini xiyonat va „orqadan pichoq urish“, deb atadi[15]. Mudofaa vazirligi Prigojinning Vagner lagerlariga hujum toʻgʻrisidagi bayonotlarini rad etdi. Rus generali Sergey Surovikin esa Vagner askarlarini qurollarini tashlashga chaqirdi[6].
Prigojin qoʻshinlari Rostov-Don[16] va Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasi[17] ustidan nazoratni qoʻlga olish hamda Moskvaga yetib borish niyatida Voronej tomon yurish boshlaganliklarini taʼkidladilar[18].
Otishmalar davomida Rossiya milliy armiyasining 15 nafar askari[19] halok boʻldi. Vagner tarkibidan qancha askar vafot etganligi haqida xabar berilmagan. Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng[20], egallab turgan lavozimidan isteʼfo berdi[21] hamda 24-iyun kuni soat 23:00 da (UTC+3) Rostov-Donni tark eta boshladi[22].