From Wikipedia, the free encyclopedia
Vaagn Garnikovich Xachaturyan (armancha: Վահագն Գառնիկի Խաչատուրյան) — Armaniston davlatining siyosiy arbobi. 2022-yil 13-martdan boshlab Armaniston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi.
Vaagn Xachaturyan | |
---|---|
Rasmiy portret (2022) | |
Armaniston Respublikasi Prezidenti | |
Mansab davri 13-mart 2022-yil – 20-yanvar 2017-yil | |
Vitse-prezident | Nikol Pashinyan |
Oʻtmishdoshi | Alen Simonyan |
Yuqori texnologiyalar sanoati vazirligi | |
Mansab davri 4-avgust 2021-yil – 3-may 2022-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hayk Chobanyan |
Vorisi | Robert Xachaturyan |
Yerevan meri | |
Mansab davri 4-dekabr 1992-yil – 22-fevral 1996-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hambardzum Galstyan |
Vorisi | Ashot Mirzoyan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-aprel 1959-yil Sisyan, Armaniston SSR, Sovet Ittifoqi |
Siyosiy partiyasi | Mustaqil |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Arman milliy kongressi (2013-2017) |
Turmush oʻrtogʻi | Anahit Minasyan |
Vebsayti | vahagnhacaturyan.com |
Vaagn Xachaturyan 1959-yil 22-aprelda Armaniston SSRning Sisyan shahrida tugʻilgan. 1976-yilda Yerevan shahridagi 118-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1976-1980-yillarda Yerevan xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Armaniston davlat iqtisodiyot universiteti) tahsil olgan. U iqtisod fakultetini tugatib, 1980-1982-yillarda SSSR Qurolli Kuchlari Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan.
1982-1990-yillarda Razdanmash korxonasida iqtisodchi va iqtisodiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1990-yildan 1992-yilgacha boʻlim boshligʻi, shuningdek, Mars zavodi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 1990-1995-yillarda Yerevan shahar kengashi deputati, 1992-1996-yillarda Yerevan meri lavozimida ishlagan[1]. 1996-yildan 1999-yilgacha Armaniston Milliy Assambleyasi deputati, moliya-kredit, byudjet va iqtisodiy masalalar boʻyicha doimiy komissiya aʼzosi va „Respublika“ fraksiyasi aʼzosi, 1996-1998-yili esa u Armaniston prezidenti Levon Ter-Petrosyanning maslahatchisi boʻlgan[2].
2000-yilda Vaagn „Root“ Demokratiya va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining taʼsischi aʼzosi boʻldi[1]. 2002-yilda siyosatshunoslik, huquq va iqtisodiy tadqiqotlar markazi vitsa-prezidenti lavozimida ishlagan. 2007-yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida „Impichment“ bloki vakili boʻlgan[3][4]. 2006-yilda „Alternativ“ ijtimoiy-siyosiy partiyasining taʼsischi aʼzosi boʻldi. 2022-yil fevraligacha Arman milliy kongressi aʼzosi edi[5][1]. 2002-yilda Huquq va iqtisodiy tadqiqotlar markazi vitsa-prezidenti hisoblangan. 2006-yilda u „Alternativ“ ijtimoiy-siyosiy tashabbusi asoschilari va aʼzolaridan biri boʻldi. 2019-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davrda Vaagn Xachaturyan Armekonbank boshqaruvi aʼzosi boʻlgan[6]. 2021-yil 4-avgustda Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri etib tayinlandi[7].
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan 2022-yil 23-yanvarda isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Armanistonning hukmron „Fuqarolik shartnomasi“ partiyasi 30-yanvar kuni Armaniston prezidenti lavozimiga Vaagn Xachaturyan nomzodini taklif qilishdi[8].
Vaagn Xachaturyan saylovning birinchi turida unga 10 ta ovoz kamlik qilgan, ammo ovoz berishning ikkinchi bosqichida yaʼni, 3-mart kuni u navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Armaniston prezidenti etib saylangan[9]. Saylovda 71 nafar deputat[10], hukmron fraksiyaning barcha vakillari[11] yagona nomzod sifatida uni yoqlab ovoz bergan („Nomusim bor“ va „Hayastan“ fraksiyalari nomzodlik muhokamasini boykot qildi). Inauguratsiya 13-mart kuni boʻlib oʻtdi[12]. Bir qator ommaviy axborot vositalari va ekspertlarning fikricha, Xachaturyan bosh vazir Nikol Pashinyanning himoyachisi va uning jamoasi aʼzosi boʻlgan[13].
2011-yilda Vaagn Xachaturyan Turkiyaning taklifiga binoan „Adanada Armaniston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar muhokamasi“ tadbirida Adanaga tashrif buyurib, u yerda quyidagilarni taʼkidlagan edi: „Biz Turkiyadan qonli toʻqnashuvlar va ASALA uchun kechirim soʻrashga tayyormiz. Armaniston nomidan Turkiyadan uzr soʻraymiz“[14]. 2022-yil 2-fevralda Xachaturyan Armaniston va Turkiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish tarafdori boʻlgan[15]. Vaagn Xachaturyan Vestminster zalidagi qirolicha Yelizaveta IIning tantanali marosimidagi voqeasidan soʻng jamoatchilik eʼtiroziga va ommaviy axborot vositalarining tanqidiga duch keladi[16][17]. Xabarlarda aytilishicha, Xachaturyan tantanali tadbirda hamrohlari bilan baland ovozda gapirganlikda va Vestminster zalida oʻrnatilgan tartibni buzganlikda ayblangan. Voqea keng tanqidlarga sabab boʻldi. Vestminster zalida uning xatti-harakati bilan bogʻliq bahs-munozaralar sarlavhalarga aylandi[18].
Vaagn Xachaturyan ilmiy va professional maqolalar, liberal, iqtisodiy, siyosiy kitoblar va bir qancha tarjimalar muallifi hisoblanadi.
Vaagn Xachaturyan uylangan va uning ikki farzandi bor[19].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.