![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d6/Tofiq_Bahramov.jpg/640px-Tofiq_Bahramov.jpg&w=640&q=50)
Tofiq Bahramov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tofiq Bahramov (ozarbayjoncha: Tofiq Bəhramov; ruscha: Тофик Бахрамов; 1925-yil 29-yanvar – 1993-yil 26-mart)[1] — sovet futbolchisi va ozarbayjonlik futbol hakami.
Tofiq Bəhramov | |
---|---|
![]() Bahramov in 1967 | |
Tavalludi |
Tofiq Bəhram oğlu Bəhramov 29-yanvar 1925-yil |
Vafoti |
26-mart 1993-yil(1993-03-26) (68 yoshda) Baku, Ozarbayjon |
Fuqaroligi | Ozarbayjon va SSSR |
Kasbi | Futbolchi va Hakam |
U Gʻarbiy Germaniyaga qarshi 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Angliya terma jamoasiga shubhali gol kiritishga yordam bergan qanot hakami futbol muhlislari va mutahasislari eʼtiboriga tushdi. U oʻzining qarori va Sovet fuqaroligi sababli Angliyada uni „rus qanot hakami“ deb ataldi, garchi u aslida rus emas, balki ozarbayjon millati vakili edi[2][3][4]. Turnir boshida bosh hakam sifatida u Shveytsariya va Ispaniya oʻrtasidagi birinchi bosqich oʻyinida shveytsariyaliklarning golni hisobga olmagani bilan eʼtiborga tushgan edi.
1993-yilda vafotidan soʻng Ozarbayjonning oʻsha paytdagi milliy stadioni uning sharafiga Tofiq Bahramov nomidagi Respublika stadioni deb nomlandi.