From Wikipedia, the free encyclopedia
„The Mysterious Affair at Styles“ - britaniyalik yozuvchi Agatha Christie tomonidan yozilgan birinchi detektiv asar va badiiy detektiv obraz Hercule Poirotning kitobxonlarga tanilishiga sabab boʻlgan roman hisoblanadi. Roman 1916-yilda, birinchi jahon urushi oʻrtasida yozilgan. Birinchi marta 1920-yil oktyabr oyida Qoʻshma Shtatlarda Jone Lane tomonidan va 1921-yil 21-yanvar kuni Birlashgan Qirollikda The Bodley Head (John Laneʻs UK nashriyoti) tomonidan nashr etilgan[1][2].
Muallif(lar) | Agatha Christie |
---|---|
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Qismlar | Hercule Poirot |
Janr(lar)i | Detektiv roman |
Nashriyot | John Lane |
Asar Poirot, Inspektor (keyinchalik bosh inspektor) Japp va Artur Hastings obrazlarining tanishuv sahnalari bilan boshlanadi[3]. Poirot — Buyuk urushdan qochgan belgiyalik qochoq. Keyinchalik Angliyada unga yangi hayot boshlashiga yordam bergan Emily Inglethorpning uyiga yaqin boʻlgan joyga koʻchib oʻtadi. Poirotning doʻsti Hastings uning uyiga mehmon sifatida keladi. Inglethorp xonim oʻldirilganda, Poirot detektivlik mahoratidan foydalanib, qotillikdagi sirni aniqlash uchun yechimlar topishga harakat qiladi.
Kitobda bevosita uy xaritalari, jinoyat sodir etilgan joy va vasiyatning bir qismi tasvirlangan qogʻoz parchasi bilan bogʻliq voqealar tasvirlangan. Romanning „The Times“da chop etilgan birinchi nashrida uy xaritalari va boshqa illustratsiyalar tasvirlangan. Ushbu roman 1935-yilda oʻz faoliyatini boshlagan Penguin Books nashriyoti tomonidan chop etilgan dastlabki top-10 kitoblardan biri edi.
Styles dastlabki nashrida Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda kitobxonlar tomonidan iliq qabul qilingan[4][5][6]. 1990-yilda asar syujetiga ijobiy baho berilgan. Roman Christie tomonidan yozilgan romanlar ichida vaqt va joyi yaxshi asoslangan asar hisoblangan, unda syujet aniq ifodalangan. Christie birinchi romani davomida yuqori zehniyat egasi emas edi, chunki, „juda koʻp maslahatlar bir-birini bekor qilishga moyil“; bu qiyinchilik „Konan Doil hech qachon qoniqarli tarzda toʻsiqlarni bartaraf etmadi, lekin, Christie buni qila oladi“ deb hisoblangan.
Christiening ulkan taʻsiri tufayli, hikoyaning bir qancha elementlari „Golden Age of Detective“ning ramzlariga aylangan. Asarda yarim shubhalilar, aksariyat oʻzlari haqidagi maʻlumotlarni yashirgan obrazlar ham mavjud. Ushbu asarda bir qator qizil seld baliqlari bilan bogʻliq hikoyalar va ajablanarli burilishlarga duch kelish mumkin[7].
Agatha Christie aynan „The Mysterious Affair at Styles“ asari orqali detektiv faoliyatini boshlagan. Christie va uning turmush oʻrtogʻi keyinchalik oʻz uylariga „Styles“ deb nom qoʻyishgan[8]. Hercule Poirot badiiy adabiyotda mashhur obrazga aylangan.
Agatha Christie 1916-yilda „The Mysterious Affair at Styles“ni yozishni boshlagan, uning koʻp qismi Dartmoorda yozilgan [9]. Herkule Poirot obrazi Christiening Birinchi Jahon urushi davrida belgiyalik askarlar va Torquayda yashovchi belgiyalik qochoqlarga koʻrsatgan hamshiralik faoliyatidagi tajribalariga asoslangan holda yaratilgan[10].:75–79
Qoʻlyozma Hodder, Stoughton va Metun tomonidan rad etilgan. Christie keyinchalik qoʻlyozmani „Bodley Head“ga topshirgan. Bodley Headning asoschisi Jon Lane bir necha oy davomida taqdimotni saqlab qolganidan soʻng, Christie yakunlovchi qismiga kichik oʻzgartirishlar kiritsa, uni qabul qilishini taklif qilgan. (Baʻzi zamonaviy nashrlarda chop etilgan kitobning asli „nashrdan chiqmagan“ alternativ yakunlari ham mavjud. Bu oxirgi versiyaga juda oʻxshaydi, boshqa obrazlarning muloqoti Hakam va Janob Ernest Heavywether muloqoti bilan almashtirilgan.) Christie keyinchalik Lenni bilan imzolagan shartnomasi istisno qiluvchi ekanligini taʻkidlagan[10].:79, 81–82
„The Mysterious Affair at Styles“ Hindistondagi Mussoorieda hayotiy qotillik voqeasiga ham asoslangan holda yozilgan roman hisoblanadi[11].
Birinchi jahon urushi davomida Arthur Hastings Gʻarbiy frontda kasallik taʻtilida boʻlib, eski doʻsti John Cavendish tomonidan Essexdagi Styles Courtga taklif etilgan. U 18-iyul kuni tongda The Styles xoʻjaligining keksa va boy mulkdori Emily Inglethorpning vafot etganligini bilib uygʻonadi. Emily xonim strychnine bilan zaharlangan edi. Hastings doʻsti Hercule Poirotdan yordam soʻrab Styles St Mary yaqinidagi qishlogʻiga boradi. Emilyning uyida eri Alfred Inglethorp, ( u yaqinda turmushga chiqqan yoshroq kishi); uning oʻgay oʻgʻillari (Emilyning birinchi nikohidan) John va Lawrence Cavendish; Johnning xotini Mary Cavendish, vafot etgan doʻstning qizi Cynthia Murdoch va Emilynning hamkori Evelyn Howardlar boʻlgan.
Poirot Emily vafot etganida, John otasining vasiyatiga muvofiq uning mulkiga merosxoʻr boʻlishi kerakligini bilib oladi. Biroq, otasining pullari oʻz vasiyatiga muvofiq taqsimlanadi, (u vasiyatini yilda atigi bir martagina oʻzgartirgan) uning eng soʻnggi vasiyati mol-mulkini meros qilib oladigan Alfredni qiziqtiradi[12]. Poirot Emily oʻldirilgan kuni, qotillikni sodir etgan kishi Alfred yoki John deb gumon qiladi. Emily xonim yangi vasiyatnoma yozganidan keyin qaygʻuli ahvolga tushib qoladi, biroq hech kim yangi vasiyatning biror isbotini topolmaydi. Alfred oʻsha kuni kechqurun uydan chiqib, tunni qishloqda oʻtkazadi. Oʻsha kuni Emily biroz kechki taom tanavvul qilgach, erta oʻz xonasiga chiqib ketadi. U xonasida hujjatlar papkasi bilan topiladi. Hech kim unga qanday yoki qachon zahar berilganini tushunmaydi.
Tergovchi, inspektor Japp Alfredni asosiy gumondor shaxs deb hisoblaydi, chunki xotining oʻlimidan eng koʻp foydani u oladi. Poirot Alfredning xulq-atvori tergov paytida shubhali ekanligini taʻkidlaydi. Japp uni hibsga olishni istaydi, ammo Poirot bu ishni u qilishi mumkin emasligini isbotlab, Jappning qaroriga aralashdi. Keyin gumon Johnga tushadi, Emily vasiyatidan foyda olishga urinadi. Japp uni tezda hibsga oladi, zahar uchun qoʻyilgan imzo xuddi, uning husnixatida yozilgandek edi.
Poirotning tergovlari Johnni jinoyatdan aybsiz holda ozod qiladi. Evelyn Howard Qotil Alfred Inglethorpning yordami bilan oʻldirilganligini tasdiqlaydi. Ular oʻzlarini dushman qilib koʻrsatishgan, lekin, oralarida sevgi rishtalari bor edi. Qotil Emilyning kechki ovqatdan keyin ichib uxlaydigan dorisiga bromid qoʻshgan. Keyinchalik qotil Alfredni gumondor shaxs qilib koʻrsatadi. Aynan bu rejaga Johnni ham dahldor qiladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.