From Wikipedia, the free encyclopedia
HarperCollins Publishers LLC — dunyodagi yirik nashriyot kompaniyalaridan biri. Ingliz tilida chop etuvchi nashriyotlar „kuchli beshligi“ga kiradi. Shtab-kvartirasi New York shahrida joylashgan. News Corp kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya nomi Harper & Brothers va Row (birlashgandan keyingi nomi Harper & Row), Peterson & Company va britaniyaning William Collins, Sons kompaniyalari birlashishidan kelib chiqqan.
Turi | Shoʻba korxona |
---|---|
Tarmogʻi | noshirlik |
Egasi | News Corp |
Qachon asos solingan | 1989-yil |
Joylashuvi | AQSh New York, Broadway 195 |
Asoschi(lari) | James Harper |
Daromadi | $1,646 mlrd (2016)[1] |
Aylanma daromadi | 1 646 000 000[2] |
Vebsayti | harpercollins.com |
Jurnalist va yozuvchi Catherine Belton tomonidan yozilgan va 2020-yil aprel oyida nashriyotda chop etilgan Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) nomli kitob sababli bir nechta rossiyalik milliarderlar muallif va HarperCollins nashriyotini sudga berishdi[3]. Sud natijalariga koʻra tomonlar kelishuvga erishishdi. HarperCollins nashriyoti ushbu kitobning keyingi nashrlarida sudlashishga sabab boʻlgan maʼlumotlarni chop etmasligini maʼlum qildi[4][5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.