Tata Motors
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tata Motors Limited, ilgari Tata Engineering and Locomotive Company (TELCO), Hindistonning koʻpmillatli avtomobilsozlik kompaniyasi boʻlib, qarorgohi Mumbay, Maxarashtra, Hindiston da joylashgan. Bu kompaniya hind konglomerati boʻlgan Tata Group tarkibiga kiradi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqaziladigan maxsulotlarga yengil avtomobillar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar, vagonlar, avtobuslar, sport avtomobillari, qurilish texnikasi va harbiy transport vositalari kiradi.[2]
Turi | Ochiq jamiyat |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Egasi | Tata Group |
Qachon asos solingan | 1945-yil |
Joylashuvi | location |
Asoschi(lari) | Ratan Tata |
Rahbariyat |
Natarajan Chandrasekaran (Boshqaruv raisi) Guenter Butschek (Boshqaruv direktori) |
Mahsulot(lar)i |
Avtomobillar Sport Avtomobillari Tijorat avtomobil vositalari Avtobuslar Qurilish texnikasi Harbiy transport vositalari Vagonlar Avtomobil qisimlari |
Aylanma daromadi | 42 milliard $ (2019-yil) |
Operatsion foydasi | 4.2 milliard $ (2019-yil) |
Boyligi | 43 milliard $ (2019-yil) |
Ishchilar soni | 82,797 kishi (2019-yil)[1] |
Vebsayti | Tata Motors |
Tata Motors kompaniyasining Hindistonning Jamshedpur, Pantnagar, Laknau, Sanand, Dharwad va Pune regionlarida va shuningdek, dunyoning Argentina, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Tailand kabi davlatlarida avtomobillarni ishlab chiqarish va yigʻish zavodlari mavjud. Shu bilan birga kompaniyaning tadqiqot va rivojlanish markazlari, Hindistonning Pune, Jamshedpur, Laknau, Dharvad va dunyoning Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Ispaniya kabi mamlakatlarida joylashgan. Tata Motors kompaniyasining asosiy shoʻba korxonalari inglizlarning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlmish Jaguar Land Rover (Jaguar va Land Rover avtomobillarini ishlab chiqaruvchisi) va Janubiy Koreyaning tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Tata Daewoo kompaniyalarini sotib olishdi. Tata Motorsda Marcopolo SA (Tata Marcopolo) bilan avtobus ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona, Hitachi (Tata Hitachi Construction Machinery) bilan birgalikda qurilish uskunalarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona va Fiat Chrysler bilan birgalikda avtomobil komponentlarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona va Fiat Chrysler bilan transport vositalar bilan ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonalari mavjud.
1945-yilda lokomotiv ishlab chiqarish uchun asoslangan, 1954-yilda germaniyaning Daimler-Benz AG kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi tijorat avtomobillari ishlab chiqargan va bu hamkorlik 1969-yilda yakunlangan. 1988-yilda Tata Motors kompaniyasi TataMobile kompaniyasiga asos soladi va yoʻlovchi avtomobillari bozoriga kiradi, shu bilan birga 1991-yilda Tata Sierra kompaniyasini tashkil etib birinchi raqobatbardosh mahalliy avtomobilni rivojlantirish imkoniyatiga erishgan birinchi hind ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.[3] 1998-yilda Tata kompaniyasi birinchi toʻliq hind yoʻlovchi Indica nomil avtomobilini taqdim etadi, 2008-yilda esa dunyodagi eng arzon avtomobil boʻlgan - Tata Nano modelini sotuvga chiqardi. Tata Motors 2004-yilda Janubiy Koreyaning yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchisi Daewoo Commercial Vehicles Company ni sotib oldi va 2008-yil Ford kompaniyasidan Jaguar Land Rover avtomobil kompaniyasini sotib oladi.
Tata Motors BSE SENSEX indeksining, Hindiston milliy fond birjasining va Nyu-York fond birjasining tarkibiy qismi boʻlgan (BSE) Bombey fond birjasida roʻyhatga olingan. Kompaniya 2019-yil yakunlari boʻyicha “Fortune Global 500” dunyodagi eng yirik korporatsiyalar roʻyxatida 265-oʻrinni egalladi.[4]
2017-yilning 17-yanvarida Natarajan Chandrasekaran Tata Group kompaniyasining boshqaruv raisi etib tayinlandi. Tata Motors kompaniyasi, 2009 moliyaviy yilda yoʻltanlamas avtomobil vositalari (UV) bozoridagi ulushini 8 foizdan koʻproqqa oshirdi.[5]