Toshkent
Oʻzbekiston poytaxti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. 2023-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 995 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi[1]. 2018-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda[5][6].
Toshkent | |
---|---|
Poytaxt | |
41°18′0″N 69°16′0″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Ichki boʻlinishi | 12 tuman |
Hukumat | |
• Hokim | Shavkat Umrzoqov |
Ilk eslatilishi | Eramizdan avvalgi 5–3 asr |
Avvalgi nomlari | Yuni, Choch, Shosh (Madina-ash-Shash) va Binkat |
Maydon | 334.8 km2 (129.3 kv mi) |
Markazi balandligi | 455 m |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2023)[1] |
3 million 20,5 ming [2]] |
Zichligi | 8000.5 kishi/km2 |
Milliy tarkib | |
Konfessiyaviy tarkib |
|
Etnoxoronim | toshkentlik (lar) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 71 |
Pochta indeks(lar)i | 100 000[4] |
Avtomobil kodi | 01—19 |
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan[7].
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi[8][9]. Toshkent yirik shahar