From Wikipedia, the free encyclopedia
Taobao – bu Xitoyning Alibaba kompaniyasiga tegishli onlayn savdo platformasi boʻlib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan. Alexa Internet reytingiga koʻra, u 2021-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp tashrif buyurilgan sakkizinchi veb-saytdir[1]. Taobao.com web sahifasi 2003-yil 21-aprelda Alibaba Cloud Computing (Beijing) Co., Ltd tomonidan roʻyxatga olingan[2].
Taobao | |
---|---|
Sayt turi | Onlayn savdo platformasi |
Muassisi | Alibaba Group |
Muallifi | Yuanying Jin |
URL | taobao.com |
Platformada sotuvchilar tovarlarni oldindan belgilangan narx yoki auksion orqali sotish imkoniyatlariga egadirlar. Taobaodagi tovarlarning aksariyati auksion orqali emas, balki oldindan belgilangan narxda sotiladi. Marketpleys foydalanuvchilari tovarlarga qoldirilgan fikr-mulohazalarni oʻqish va bir nechta doʻkonlardagi tovarlarni solishtirish orqali sotib olish imkoniga egadirlar[3].
EBay Xitoyning oʻsha paytdagi onlayn auksion yetakchisi Eachnetni 180 million dollarga sotib oldi va mamlakatning elektron tijorat bozorida yetakchiga aylanib oldi[4]. EBay bilan raqobatlasha olish maqsadida, Taobao xaridor va sotuvchilar bir-birlari bilan oʻzaro qulay muloqot qilish imkonini beruvchi chat tizimi va escrowga asoslangan toʻlov tizimi Alipayni yaratdi. Taobao ikki yil ichida Xitoy elektron tijorat bozorida yetakchilikni eBaydan tortib oldi. Uning bozor ulushi 2003-yildan 2005-yilgacha boʻlgan davrda 8 foizdan 59 foizga oʻsdi, eBayniki esa 79 foizdan 36 foizga tushib ketdi va 2006-yilda Xitoy bozorini tark etdi[5].
2013-yil 29-aprelda Alibaba Sina Weiboʻga 586 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritganini eʼlon qildi[6]. 2013-yil 1-avgustda Alibaba Taobao uchun Weiboni ishga tushirdi, bu esa foydalanuvchilarga Sina Weibo akkauntlarini Taobao akkauntlari bilan bogʻlash imkonini berdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.