From Wikipedia, the free encyclopedia
Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, TMXI (inglizcha: International Union for Conservation of Nature and Natural Resources (IUCN) 1948-yilda tashkil etilgan xalqaro notijorat tashkilotdir. Sayyora biologik xilma-xilligini saqlash muammolarini yoritib boradi; turli mamlakatlarda boʻlib oʻtayotgan yangiliklar, kongresslar, sayyoramizning turli mintaqalarida alohida muhofazaga muhtoj turlar roʻyxatini taqdim etadi. Tashkilot BMT Bosh Assambleyasi huzurida kuzatuvchi maqomiga ega. Ittifoq tabiat va biologik xilma-xillikni asrash boʻyicha qator xalqaro konvensiyalarni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. Butunjahon tabiatni muhofaza qilish fondi va Butunjahon tabiatni muhofaza qilish monitoringi markazini yaratishda qatnashgan. TMXI tarixi davomida tabiat manfaatlarini mahalliy xalqlarning manfaatlaridan ustun qoʻygani uchun tanqid qilingan. Uning biznes sektori bilan yaqin aloqasi soʻnggi yillarda munozaralarga sabab boʻlmoqda[3][4].
Qisqartma | TMXI (IUCN) |
---|---|
Turi | xalqaro tashkilot |
Maqomi | notijorat tashkilot |
Shiori | United for Life and Livelihoods |
Maqsadi | tabiatni asrash |
Ishga tushgan sanasi | 1948-yil, oktyabr |
Joylashuvi | Rue Mauverney 28, 1196 Glan, Shveysariya |
Asoschi(lar)i | Julian Huxley |
Prezidenti | Razan Al Muborak |
Direktori | Bruno Oberle[1] |
Daromad | CHF 140.7 million / US$148 million (2019)[2] |
Ishchilar soni | taxminan 1 100 (dunyo boʻylab) |
Aʼzolari | 1,400 |
Vebsayti | iucn.org |
TMXI 1948-yil 5-oktyabrda Fontanbloda (Fransiya) tashkil topgan boʻlib, YuNESKO tomonidan ragʻbatlantiriladigan hukumatlar va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari vakillari Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqini (TMXI) tashkil etish rasmiy aktini imzolashi bilan tashkil etilgan. Yangi tashkilot yaratish tashabbusi YuNESKO va ayniqsa uning birinchi bosh direktori, britaniyalik biolog Julian Huxleydan[5] chiqqan. Tashkil etilgan vaqtda IUPN tabiatni muhofaza qilishning toʻliq spektriga bagʻishlangan yagona xalqaro tashkilot boʻlgan (Bird Conservation International, hozirgi BirdLife International, 1922-yilda tashkil etilgan).
TMXI ilgari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (1948–1956) va Butunjahon tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (1990–2008) kabi nomlarda faoliyat yuritgan.
Tashkilotning bosh qarorgohi Glan shahrida (Shveysariya) joylashgan. TMXI tarkibiga 1400 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlar aʼzo. 16 000 ga yaqin olim va ekspertlar TMXI komissiyalarida ixtiyoriy ravishda qatnashaganlar. Unda 50 dan ortiq mamlakatlarda 1000 ga yaqin xodimlar ishlaydi[6].
Ittifoq vazifasi butun dunyo boʻylab jamiyatlarga tabiatning yaxlitligi va xilma-xilligini saqlash va tabiiy resurslardan barcha adolatli foydalanish va ekologik jihatdan foydali boʻlishini taʼminlashga taʼsir qilish, ragʻbatlantirish va yordam berishdan iborat.
Ittifoq tarkibiga aʼzolardan tashqari 6 ta ilmiy komissiya va professional kotibiyat kiradi.
TMXI tabiatni muhofaza qilish uchun jamoatchilik yordamini safarbar qilishni maqsad qilmagan. U hukumatlar, biznes va boshqa manfaatdor tomonlarning harakatlariga maʼlumot va maslahatlar berish hamda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish orqali taʼsir oʻtkazishga harakat qilib keladi. Tashkilot butun dunyo boʻylab turlarning saqlanish holatini baholovchi TMXI Qizil roʻyxatini tuzish va nashr etishi bilan keng jamoatchilikka maʼlum[6].
1963-yildan beri TMXI yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining xalqaro roʻyxatini (Qizil kitob) saqlab kelmoqda. U quyidagi muhofaza maqomlariga ajratiladi:
1979-yildan boshlab TMXI tizimni joriy qiladi va 1994-yilda tizim takomillashtiriladi, unga koʻra Yerdagi barcha qoʻriqlanadigan hududlar ularni yaratish va boshqarish maqsadlariga koʻra tasniflanadi:
Ittifoq tarkibiga ham davlat, ham nodavlat tashkilotlar kiradi. Ular ittifoq siyosatini, uning global ish dasturini belgilaydi va TMXI Butunjahon Kongressida Kengashni saylaydi. Aʼzo tashkilotlar milliy va mintaqaviy qoʻmitalar shaklida tuzilgan.
1993-yilda tashkilot „Moviy sayyora“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
TMXI (1980-yillargacha) odamlarni, shu jumladan aborigenlarni qoʻriqlanadigan hududlardan olib tashlashni oʻz ichiga olgan „Yellowstone modeli“ ga sodiqligi uchun tanqid qilingan. Ushbu siyosatning eng mashhur misoli Afrikadagi milliy bogʻlardan masailarning koʻchirilishi boʻlgan[3][9]. Tashkilot, shuningdek, Vyetnamdagi Coca-Cola kabi davlat idoralari va yirik tijorat kompaniyalari bilan juda yaqin hamkorlik qilgani uchun tanqid qilingan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.