From Wikipedia, the free encyclopedia
Sulton Husayn I (forscha: شاه سلطان حسین 1668—1726) – Safaviylar sulolasidan soʻnggi Fors shohi (1694—1722). 1722-yilda afgʻon qoʻzgʻolonchilari tomonidan agʻdarildi.
1669-yilda Eron shohi Sulaymon Sefi va uning haram vakillaridan biri boʻlgan cherkes kanizaklari oilasida tugʻilgan. Uning hukmronligi davrida quyidagi eshikogʻaboshilari (saroy qoʻriqchisi)[1] mavjud edi:
Sulton Husayn siyosatga unchalik qiziqmaydigan sodda odam sifatida obroʻga ega boʻlgan. Uning "Yaxshi dir" laqabi bor edi – davlat boshqaruvi toʻgʻrisida qaror qabul qilish zarurati tugʻilganda bu uning odatiy javobi edi[2]. 1722-yilda Shoh bilan uchrashgan Nikolay Shorer fors-turkiy tarjimon orqali Sultan Husayn bilan muloqot qilgani haqida xabar beradi[3] Oʻzidan oldingilardan farqli oʻlaroq, u rahmdil boʻlib, shafqatsizlikka qodir emas edi. Bir kuni toʻpponchasi bilan oʻrdakni yaralab, qattiq pushaymon boʻlib, „Men qonga boʻyalganman“, degan va aynan shu munosabat bilan u kambagʻallarga ikki yuzta tuman tarqatishni buyurgan.
Yosh shoh taqvodor musulmon boʻlib, uning davrida spirtli ichimliklar va afyun isteʼmol qilish taqiqlangan, ayollarning jamoat joylarida oʻzini tutishiga cheklovlar qoʻyilgan. Hokimlarga shariat qonunlariga amal qilish buyurilgan.
Biroq tez orada hokimiyat Muhammad Bakir Majlisidan Sulton Husaynning xolasi, Shoh Sefi I ning qizi Maryam Begimga oʻtgan. Uning taʼsiri ostida Sulton Husayn hukumatdan chetga chiqqan, butun vaqtini haram va hashamatli bogʻlarda oʻtkazgan
Shia islomining davlat darajasida oʻrnatilishi sunniy musulmonlar, yahudiylar va nasroniylarga nisbatan murosasizlikning kuchayishiga olib kelgan. Shoh, shuningdek, zardushtiylik tarafdorlarini islom diniga majburan qabul qilish toʻgʻrisida farmon chiqagan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.