From Wikipedia, the free encyclopedia
Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753-yilda asos solingan, 1759-yildan ishga tushgan (binosi ingliz soʻnggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, meʼmor Robert Smirke; toshlar yigʻimi), Yevropa, Osiyo, Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar toʻplangan. Muzeyning etnografiya boʻlimidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari keng oʻrin olgan. Firdavsiyning Muhammad Joʻqiy tomonidan koʻchirilgan „Shohnoma“si (1440, 31 miniatyura bilan bezatilgan), „Boburnoma“ning qoʻlyozmasi (16-asr 2-yarmida koʻchirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va boshqa shu muzeyda saqlanadi. Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 milliondan ortiq kitob, taxminan 105 ming qoʻlyozma, taxminan 100 ming hartiya (qoʻlyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926-yildan muzey oʻz jurnalini nashr etadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.