Suba (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Suba — XVI—XVIII asrlarda Boburiylar imperiyasidagi maʼmuriy-hududiy birlik (viloyat) nomi. Kichikroq hududiy birliklar — sarkarlar (tumanlar) dan, ular esa, oʻz navbatida, pargʻona yoki mahalla deb ataladigan soliqqa tortiluvchi maʼmuriy birliklardan iborat edi. Har bir suba hukmdor tomonidan tayinlangan voliylar tomonidan boshqarilardi, ular navvob subador yoki subadar deb ataladi (keyinchalik bu unvondan Britaniya Hindistoni armiyasida qoʻllanilgan subedar ofitserlik unvoni kelib chiqqan). Ayrim gubernatorlar sipohsolar yoki nozim unvoniga ega edilar[1]. Qolgan amaldorlarni subadorlarning o‘zlari tayinlaganlar. Sarkarlarga soliq yigʻish uchun mas’ul boʻlgan amalguzarlar va sarkarda harbiy garnizonga rahbarlik qiluvchi va politsiya vazifalarini bajaruvchi, shuningdek, amalguzarlarga soliq yigʻishda yordam bergan fovjdorlar boshchilik qilganlar[2]. Akbar fujdorlarni shaxsan tayinlagan, keyin esa subadalar tayinlay boshlagan. Subalardagi shaharlarni kutvollar boshqargan, ular politsiya va soliq vazifalarini ham bajargan. Subadorlar suba hududida harbiy garnizonlarga boʻysungan, hududlar asta-sekin ularning shaxsiy boshqaruviga oʻtgan va oʻzaro urushlarda ishlatilgan.