From Wikipedia, the free encyclopedia
Akbar Jaloliddin Muhammad (1542.14.10, Amarkot −1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlogʻi), „Akbar-shoh“ — Boburiylar sulolasidan hukmdor (1556 — 1605). Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556-yildan).
Akbar Jaloliddin Muhammad | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Podshoh Gʻozi | |||||||||
3-Boburiy imperator | |||||||||
Saltanat | 11 February 1556 — 27 October 1605[1] | ||||||||
Coronation | 14 February 1556 | ||||||||
Oʻtmishdoshi | Humoyun | ||||||||
Davomchisi | Jahongir | ||||||||
Regent | Bayramxon (1556-1560)[2] | ||||||||
Tugʻilishi |
Jalal-ud-din Muhammad Akbar 15 October 1542 Amarkot, Rajputana (present-day Umerkot, Sind, Pokiston) | ||||||||
Vafoti |
1605-yil 27-oktyabr (63 yoshda) Fatehpur Sikri, Agra, Mughal Empire (present-day Uttar Pradesh, India) | ||||||||
Dafn etilgan joy |
November 1605 Akbar’s Tomb, Sikandra, Agra | ||||||||
Turmush oʻrtogʻi | |||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
| ||||||||
Farzandlari Batafsil |
| ||||||||
| |||||||||
Uy | House of Babur | ||||||||
Sulola | Timurid dynasty | ||||||||
Otasi | Humayun | ||||||||
Onasi | Hamida Banu Begum | ||||||||
Dini |
Sunni Islam[8][9] Din-e-Illahi |
Boburning nabirasi, Humoyunning oʻgʻli, 13 yoshida taxtga oʻtirgan (1556-yil 15-fevral). Dastlab vaziri turkman Bayramxon otaliq yorda-mida taxtni boshqargan, soʻngra balogʻat yoshiga yetgach, mamlakatni qattiqqoʻllik bilan idora eta boshlagan. Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan. Akbarshoh davrida Boburiylar saltanati shimolda Balxdan tortib janubda Godovari daryosigacha (Kashmir va Afgʻoniston hududlari bilan), gʻarbda Arabiston dengizidan sharqda Bengaliya qoʻltigʻigacha boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan. Markazlashgan saltanat tuzish maqsadida 1574-yildan ichki islohotlar oʻtkazishga kirishadi: qoʻshin ustida nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi maʼmuriy tumanlarga boʻladi. Nikoh rishtalari orqali Rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qoʻshini Akbar qoʻshinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari — jogirdorlarning oʻzboshimchaligiga qarshi bir qancha chora-tadbirlarni oʻtkazgan, 1574-yil dehqonlar, sarkardalarga yer inʼom etish oʻrniga xazinadan ularga maosh toʻlashni, mamlakatdagi yerlardan soliq toʻplashni oʻz xizmatchilari zimmasiga yuklagan. Akbar aholi orasida diniy jihatdan oʻzaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din — „dini ilohiy“ joriy etgan. Bu din oʻzida islom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat boʻlgan. Akbar dunyoviy va diniy hokimiyatni oʻzida mujassamlashtirgan. Bu dinga eʼtiqod qilganlar Akbarning marhamatiga sazovor boʻlganlar. Keyinchalik Akbar vafotidan soʻng bu yangi din kichik bir mazhabga aylanib qolgan. Akbar dehqonchilik va savdoga katta eʼtibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. Akbar ilm-fan, sanʼatga ham homiylik qilgan. Akbarning vaziri va doʻsti Abulfazl Allomiy Akbar saltanati tarixiga oid „Akbar-noma“ asarini yozib qoddirgan. Akbar buyuk davlat arbobi, quvvai hofizasi kuchli, jasur, iqtidorli sarkarda boʻlgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.