![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/da/Albert_Robida_-_Cures_d%2527air_dans_la_montagne.jpg/640px-Albert_Robida_-_Cures_d%2527air_dans_la_montagne.jpg&w=640&q=50)
Stimpank
From Wikipedia, the free encyclopedia
Stimpank (inglizcha: steampunk: steam — „bugʻ“ va punk — „pank“), 19-asr oxiridagi bugʻ energiyasidan ilhomlangan texnologiya va sanʼat hamda hunarmandchilikni oʻz ichiga olgan ilmiy fantastika yoʻnalishi (janri)[1]. Dastlab 1980-yillarda kiberpankga[2] qarshi adabiy harakat sifatida paydo boʻlgan boʻlsada, u asta-sekin badiiy uslub, madaniy harakat va submadaniyatga aylangan. Bu kiberpankning eng mashxur hosilasi hisoblanadi[3]. Stimpank asarlarida fantaziya[4], muqobil tarix, dahshat, ilmiy fantastika va detektiv hikoyalar elementlari boʻlishi ham mumkin.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/da/Albert_Robida_-_Cures_d%27air_dans_la_montagne.jpg/640px-Albert_Robida_-_Cures_d%27air_dans_la_montagne.jpg)