![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b0/CyberGoths.jpg/640px-CyberGoths.jpg&w=640&q=50)
Submadaniyat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Submadaniyat (lotincha: sub — „ost“ va madaniyat) jamiyatshunoslik, antropologiya va madaniyatshunoslik atamasi boʻlib, jamiyat madaniyatining keskin farqlanuvchi bir qismini anglatadi. Submadaniyat ichida oʻziga xos kiyinish, jargon, hatti-harakat va boshqa madaniy normalar boʻlishi mumkin.[1][2] Submadaniyatlar milliy, demografik, professional, geografik va boshqa asoslarda shakllanishi mumkin.[3] Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar alohida ajratiladi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b0/CyberGoths.jpg/640px-CyberGoths.jpg)