Source (oʻyin yuritkichi)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Source — 3 oʻlchamli videooʻyin yuritkichi, Valve korporatsiyasi tomonidan GoldSrc yuritkichiga oʻrinbosar oʻlaroq ishlab chiqilgan. Yuritkich ilk bor 2004-yilda Half-Life: Source, Counter-Strike: Source va Half-Life 2 oʻyinlari bilan taqdim etilib, aynan Half-life 2 sababli katta dovruq taratadi[5][6]. Source yuritkichi asosan Valve oʻyinlari bilan tanilgan boʻlsa-da, boshqa studiyalar ham ushbu yuritkich negizida oʻzlarining videooʻyinlarini yaratishgan. Masalan, Troika Gamesʼning Vampire: The Masquerade – Bloodlines oʻyini. Shuningdek, kichik jamoalar va shaxslar ham ushbu yuritkichdan Valve oʻyinlariga modifikatsiyalar yaratishda foydalanishadi[7]. Valve 2004-yilda yuritkich chiqarilganidan keyin unga yangilanishlar qoʻshishda davom etdi. Yangilanishlarning aksariyati Valve tomonidan yaratilgan yangi oʻyinlar bilan birga kelardi. 2010-yillarning oxirlarida Valve Sourceʼni almashtirish uchun Source 2 yuritkichini yaratib, uni Half-Life: Alyx oʻyini bilan ommaga taqdim etdi. Source yuritkichi oʻzidagi fizikasi, SI va grafikasi tufayli mashhurlikka erishdi[8].
Source | |
![]() | |
Turi | Oʻyin yuritkichi |
---|---|
Ishlab chiquvchi | Valve |
Chiqarilgan sana | 2004, oktyabr |
So‘nggi versiyasi | Source Engine 24 (2013) |
Qoʻllab-quvvatlanadigan OT | Windows |
Yozilgan til(lar)i | C++ |
Bogʻlovchi dasturiy taʼminot | Havok |
Undan oldingi yuritkich | GoldSrc |
Undan keyingi yuritkich | Source 2 |
Litsenziya | Xususiy |
Yuritkichdagi birinchi oʻyin | Half-Life: Source[1] (2004) |
Yuritkichdagi soʻnggi oʻyin | Half-Life 2 RTX[2][3][4] (ishlab chiqilmoqda) |