Half-Life 2
2004-yilda ishlab chiqarilgan kompyuter o'yini / From Wikipedia, the free encyclopedia
Half-Life 2 (ingliz tilida - Yarim Hayot yoki Yarim Umir) Valve Korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan birinchi shaxs otishmasi janridagi videooʻyindir. U 1998-yilda ishlab chiqilgan Half-Life oʻyinining davomi oʻlaroq 2004-yilda ommaga havola etilgan.
Qisqa faktlar Half-Life 2, Ishlab chiqaruvchi ...
Half-Life 2 | |
---|---|
![]() | |
Ishlab chiqaruvchi | Valve Corporation |
Nashir etuvchi | Valve Corporation |
Chiqarilgan sana | 16-noyabr 2004-yil |
Janr | Birinchi shaxs otishmasi |
Platformalar | Microsoft Windows, XBox, Xbox 360, PlayStation 3, OS X, Linux, Android |
Yuritkich | Source |
Keyingi soni | Half-Life 2: Episode One |
Yopish
Half-Life 2 oʻzining ilgʻor grafikasi, fizik simulyatsiyalari, sunʼiy intellekti, animatsiyasi, tovush effektlari va juda ajoyib voqeligi (hikoyasi) uchun olqishlarga sazovor boʻlgan. Oʻyin 39 ta „Yil oʻyini“ mukofoti bilan taqdirlangan, videooʻyin tanqidchilari tomonidan ham ijobiy kutib olingan.[1][2][3] 2011-yilgi holatga koʻra oʻyin 12 milliondan ortiq nusxada sotilgan.[4] „Hamma vaqtning eng zoʻr oʻyinlaridan biri“ hisoblanadi.