Bogʻlovchi dasturiy taʼminot
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bogʻlovchi dasturiy taʼminot (inglizcha: middleware; oʻrta dastur, oʻrtakash dasturiy taʼminot, oʻrta qatlam dasturiy taʼminoti, ost-dasturiy taʼminot, oʻzaro platformali dasturiy taʼminot sifatida ham tarjima qilinadi) turli ilovalar, tizimlar, komponentlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni taʼminlash uchun texnologik dasturiy taʼminot qatlami yoki majmuasini bildiruvchi keng qoʻllaniladigan atamadir.
Bogʻlovchi dasturiy taʼminotning bir nechta asosiy turlari mavjud[1][2][3]:
- taqsimlangan obyektlar tizimi (DOS, inglizcha: distributed object system) yoki taqsimlangan obyekt texnologiyasi (DOT, inglizcha: distributed object technology)
- maʼlumotlar bazasiga yoʻnaltirilgan (inglizcha: database access middleware)
- tranzaksiya monitorlari
- masofaviy protsedura (jarayon) chaqiruvi (RPC, inglizcha: remote procedure call)
- xabarlarga ishlov berishga yoʻnaltirilgan (MOM)inglizcha: message-oriented middleware)