![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/97/Blason_Serpentard.svg/languz-640px-Blason_Serpentard.svg.png&w=640&q=50)
Slytherin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Slizerin (ing. Slytherin) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet ayyorlik, sharafsevarlik, topqirlik va zukkolikni qadrlaydi. Kitobdan kelib chiqish mumkinki, Slizerin talabalariga hokimiyatga tashnalik xos. Bundan tashqari Salazar Slizerin talabalarni tozaqonlik boʻyicha qabul qilgan. Slizerin ramzi – Ilon, asosiy ranglari – yashil va kumushrang, Dekan – damlamashunoslik oʻqituvchisi, professor Severus Sneyp. Uning salafi va keyinchalik vorisi – Goratsiy Sliznort. Faskultet arvohi – qoʻrqinchli Qonli Baron. Slizeringa xos sehrlangan xona – Maxfiy Hujra. J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra Slizerin suv unsuriga toʻgʻri keladi[1]. Slizerinning Mehmonxonasi va yotoqxonalari yer ostida, tosh devori ortida joylashgan. Mehmonxona Hogwarts koʻli ostida joylashgan va yashil chiroqlar bilan yoritilgan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a3/Hogwarts_Slytherin_colors.svg/100px-Hogwarts_Slytherin_colors.svg.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/97/Blason_Serpentard.svg/320px-Blason_Serpentard.svg.png)