Griffindor
From Wikipedia, the free encyclopedia
Griffindor (ing. Gryffindor) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: jasorat, sharaf va oliyhimmatlik. Ramzi – arslon, asosiy ranglari – qirmizi va tillarang. Dekan – transfiguratsiya (bir narsaning boshqa narsaga aylanishi) fani oʻqituvchisi, professor Minevra McGonagall. Fakultet arvohi – Deyarli Boshsiz Nik. Asoschi – Godrik Griffindor. J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra, Griffindor olov unsuriga toʻgʻri keladi[1].