Godrik Griffindor
From Wikipedia, the free encyclopedia
Godrik Griffindor insonlardagi jasoratni juda ham qadrlardi va shunga tayangan xolda oʻquvchi qabul qilar edi. Hogwartsning boshqa asoschilari ham oʻzlariga oʻquvchi qabul qilishda insonlardagi maʼlum sifatga eʼtibor berishar edi. Bu jarayon afsungarlardan keyin qanday kechishi haqida savol uygʻonganida, Godrik Griffindor oʻzining shlyapasini afsunlab, unga butun umrga fakultetlarga talabalarni qabul qilishni ishonga xolda, uni Taqsimlovchi Shlyapaga aylantiradi.
Shlyapadan tashqari Griffindordan bir qilich ham qoladi. Uning noodatiy tomoni shundaki, uni shlyapaning ichidan faqatgina xavfli vaziyatlardagina, Griffindorga eng loyiq talaba chiqara olardi.
Qilich oʻz vaqtida goblinlar tomonidan yasalgan va Godrik bu ish evaziga goblinlarga sharaf taqdim etdi. Lekin Griffindor oʻlimidan soʻng, meros qoldirilishi haqida tushunchaga ega boʻlmagan goblinlar qilichni yana oʻzlariniki deb hisoblashgan. Afsungarlar qilichni qaytarishmagani, goblinlar va odamlar oʻrtasidagi tarang munosabatlarni yanada keskinlashishiga sabab boʻldi.
Godrik Griffindor asarlarda chiqish koʻrsatmaydi, uning nomi faqatgina yozilib qoldirilgan (birinchi marta – „Mahfiy Hujra“da[1]).