From Wikipedia, the free encyclopedia
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat — shuningdek, shaxsga tegishli boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarini tasdiqlovchi hujjat.
Fuqaroning shaxsini, uning lavozimini va tegishliligini tasdiqlash (indentifikatsiya) uchun maxsus hujjatlar ishlab chiqilgan. Hujjat foydalanuvchisi, hujjatning oʻlchami va tegishli tashkilotiga koʻra turli koʻrinishda aks etgan.
Guvohnoma odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Rossiya Federatsiyasida rasmiy shaxsni tasdiqlovchi hujjat — bu Rossiya Federatsiyasi fuqarolik pasporti, SSSRda uzoq vaqt davomida mavjud boʻlgan shunga oʻxshash hujjatning analogi[1]. 2023-yilda boshlab identifikatsion karta joriy etiladi va pilot qilib ikki region — Tatariston va Moskva tanlab olingan.
Qozogʻiston fuqarosining shaxsiy hujjati SSSR ichki pasport oʻrniga 1994-yilda joriy qilingan.
Qirgʻiziston fuqarosining birinchi milliy pasporti 1994-yilda, identifikatsion karta (ID) 2005-yilda joriy etilgan. Identifikatsion kartaning ikkinchi avlodi (eID) esa, 2017-yilda joriy etilgan. Unda shaxsiy maʼlumotlarga ega mikrochip mavjud.
Ukrainada odatdagi pasportdan identifikatsion karta koʻrinishidagi pasportdan foydalanishga oʻtilmoqda[2].
Koʻpgina Evropa Ittifoqi mamlakatlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsion kartalardan foydalaniladi.
Qoʻshma Shtatlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida bir nechta identifikator turlari qoʻllanadi. Haydovchilik guvohnomasi[3], davlat tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, pasport va boshqa hujjatlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qilishi mumkin. Ommabop eʼtiqoddan farqli oʻlaroq, ijtimoiy xavfsizlik raqami kundalik hayotda qoʻllanilmaydi, chunki u koʻpincha firibgarlar uchun qiziqish mavzusidir.
Haqiqiy identifikatsiya toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, 2023-yil 3-maydan boshlab mamlakat ichida harakatlanish uchun yangi majburiy hujjatlar joriy etiladi — State ID ga qoʻshimcha Real ID, PASS ID bilan almashtirilishi rejalashtirilgan.
Avstraliyada yagona shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoʻq. Haydovchilik guvohnomasi ham, Keypass ID (Australia pochtasi tomonidan bepul berilgan surrogat hujjat) va boshqa hujjatlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qilishi mumkin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.