Shahzoda Mustafo
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shahzoda Mustafo (usmonli : شهزاده مصطفىv ; 1515 y., Manisa — 1553-yil 6-oktyabr, Konya) — Sulton Sulaymon Qonuniy va uning rafiqasi Mohidavron Sultonning oʻgʻli.
Saruxan, Amasya va Konya sanjoq bekliklari hokimi. U otasiga qarshi isyon koʻtargani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan; Nahchivon yurishiga ketayotgan Usmonli qoʻshini Konyada qarorgoh qurayotgan paytda u sulton chodirida boʻgʻib oʻldirilgan.[1] Qotillik davlatga qarshi qoʻzgʻolon jinoyati bilan bogʻlanadi, ammo dalillar va guvohlar boʻyicha tortishuvlar mavjud.[2] Ba’zi tarixchilarning ta’kidlashicha, Xurram Sulton shahzoda Mustafoni oʻz oʻgʻillaridan birini taxtga oʻtkazish uchun ffitna tayyorlagan hamda shahzodaning oʻlimini uyushtirgan.[3][4] Bundan tashqari, 2005-yilda Amasiya gubernatorligida shahzoda Mustafoning miniatyuralardan qarab, mumdan yasalgan haykali ishlangan. Bu haykalni dunyoda faqat Amasiyadagi Shahzoda muzeyida topish mumkin. Baʼzi tarixchilar uning aybsizligini taʼkidlaydilar.