Sandy Hook maktab otishmasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sandy Hook maktab otishmasi 2012-yil 14-dekabrida AQShning Connecticut shtatida, Newtown shahri yaqinidagi Sandy Hook (talaffuzi: Sendi Huk) qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda sodir boʻldi. Adam Lanza ismli shaxs 20 nafar maktab oʻquvchisi va 6 pedagogni va oʻzini oʻtochar quroldan otib oʻldirdi.[1] Bungacha u uyda onasi Nancy Lanza'ni otib oʻldirgan edi.[2] Bu hodisa AQSh tarixida 2007-yilgi Virginia Tech otishmasidan keyingi ikkinchi eng koʻp qurbonli maktab otishmasi boʻldi. Qurbonlar orasida Lanza'ning onasidan tashqari 6—-7 yoshgacha boʻlgan 12 nafar qiz va 8 nafar bola hamda taʼlim muassasasining 27 yoshdan 56 yoshgacha boʻlgan olti nafar xodimi bor.[3]
Prezident Barack Obama ommaviy qotillik sabab butun AQSh hududida toʻrt kunlik motam eʼlon qildi.[3]