Oʻzini oʻldirish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzini oʻldirish, oʻz joniga qasd qilish, xudkushlik yoki suitsid (lotincha: sui caedere) oʻz hayotiga oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyishdir.
Oʻzini oʻldirishlikka jamiyatning munosabati din, shaʼn hamda hayot maʼnosi mavzulariga aloqador boʻlib kelgan. Aksar dinlar, masalan, Yahudiylik, Xristianlik, Islom, Buddizm, Hinduizm kabilar oʻzini oʻldirishi qoralashadi va gunoh deb baholashadi; biroq baʼzi islomiy va xristian sektalar xudkush bomba hujumlarini oqlashadi, ularni bajarganlarga shahid statusini vaʼda etishadi. Yaponiyadagi samuraylar davrida esa oʻzini oʻldirish oʻz shaʼnini himoya qilish maqsadida bajarilgan va ijobiy baholangan. Shuningdek urush vaqtida kamikazelik harbiy qahramonlik deya koʻrilgan.
Oʻzini oʻldirish jamiyatda hamon qattiq qoralanadi; biroq bedavo kasallikka chalingan bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qoʻyish yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs ostidadir.
Zamonaviy tibbiyot odatda oʻzini oʻldirishni ruhiy nosogʻlomlikka yoʻyadi va bunday kishilarga ruhiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblaydi.
Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 millionta xudkushlikka omadsiz harakat boʻladi.[1] Rossiyada har yili 60,000[2], AQShda taxminan 30,000[3], Yaponiyada 30,000 dan ziyod[4] va Xitoyda 250,000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi.[5]
Oʻrin | Mamlakat | Yil | Erkaklar | Ayollar | Jami |
1. | Litva | 2003 | 74.3 | 13.9 | 42.1 |
2. | Rossiya | 2002 | 69.3 | 11.9 | 38.7 |
3. | Belarus | 2003 | 63.3 | 10.3 | 35.1 |
4. | Qozogʻiston | 2002 | 50.2 | 8.8 | 28.8 |
5. | Sloveniya | 2003 | 45.0 | 12.0 | 28.1 |
6. | Vengriya | 2003 | 44.9 | 12.0 | 27.7 |
7. | Estoniya | 2002 | 47.7 | 9.8 | 27.3 |
8. | Ukraina | 2002 | 46.7 | 8.4 | 26.1 |
9. | Latviya | 2003 | 45.0 | 9.7 | 26.0 |
10. | Yaponiya | 2002 | 35.2 | 12.8 | 23.8 |